Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

Goar Barsegan O‘zbekiston va YeOII mamlakatlari uchun istiqbolli loyihalarni ma’lum qildi

© YeEKGoar Barsegan
Goar Barsegan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.04.2025
Obuna bo‘lish
Goar Barsegan ayrim sohalarda ishlab chiqarish hajmini oshirishdan YeOII davlatlari ham, O‘zbekiston ham manfaatdor bo‘lishini aytdi.
TOShKENT, 30 apr — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) mamlakatlari O‘zbekiston bilan hamkorlik aloqalarini faol rivojlantirmoqda. Bu haqda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi sanoat va agrosanoat kompleksi vaziri Goar Barsegan Toshkentda o‘tgan xalqaro ko‘rgazmada ma’lum qildi, deya xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi sanoat va agrosanoat kompleksi vaziri Goar Barsegan Toshkentdagi “INNOPROM. Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat ko‘rgazmasida ishtirok etdi.
Uning qayd etishicha, bugungi ko‘p qutbli dunyoda beshta davlatni birlashtirgan Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi real foyda keltirayotgani, barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlayotganini allaqachon ishonch bilan aytish mumkin. Ichki kun tartibini ishlab chiqish bilan bir qatorda, xalqaro hamkorlar tarmog‘i, jumladan, Davlat kuzatuvchilari instituti ham kengaymoqda.
“Eron ham yaqinda YeOIIda kuzatuvchi maqomini oldi, O‘zbekiston bu maqomga anchadan beri ega. Biz O‘zbekiston Respublikasi rahbariyatining, birinchi navbatda, shaxsan davlat rahbarining iqlim kun tartibi, elektron tijorat, raqamli temir yo‘l transporti va, albatta, sanoat, agrosanoat kompleksi kabi muhim yo‘nalishlardagi barcha tashabbuslarini doimo olqishlaymiz”, — dedi Goar Barsegan.
Aytilishicha, Ittifoq doirasida hamkorlik loyihalarini moliyalashtirishning yangi mexanizmi ishga tushirildi.
“Biz Rossiya va Qozog‘istonda qishloq xo‘jaligi va temir yo‘l mashinasozligi bo‘yicha birinchi loyihalarni ma’qulladik. Hozir biz qishloq xo‘jaligini kengaytirish ustida ishlayapmiz, ekinchilik, chorvachilik, oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash va infratuzilmani rivojlantirish sohalarida ishlaymiz. Bu yerda O‘zbekiston Respublikasi katta salohiyatga ega ekanligini bilaman. Biz ushbu sohalardagi hamkorlikni faol rivojlantirish maqsadida mamlakat bilan kuzatuvchi maqomi doirasida tegishli ishlarni boshladik”, — deya qo‘shimcha qildi Barsegan.
Shuningdek, u o‘z so‘zida YeOII mamlakatlari O‘zbekiston bilan hamkorlik aloqalarini faol rivojlantirayotgani aytib o‘tdi. Bunda mashinasozlik, aviasozlik, kimyo va yengil sanoatda qo‘shma loyihalar istiqbolli bo‘lishi mumkin. Ularni amalga oshirish va ushbu sohalarda ishlab chiqarish hajmini oshirishdan YeOII davlatlari ham, O‘zbekiston ham manfaatdor.
Flag s simvolikoy Yevraziyskogo ekonomicheskogo soyuza (YeAES) - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.04.2025
O‘zbekiston va YeOII
YeOII iqtisodiy o‘sish sur’atlarini jahondagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan yuqori darajada saqlab qoldi
Yangiliklar lentasi
0