https://oz.sputniknews.uz/20250708/ozbekiston-prezident-qatar-amir-telefon-suhbat-50398144.html
O‘zbekiston yetakchisi Qatar amiri bilan telefon orqali suhbatlashdi
O‘zbekiston yetakchisi Qatar amiri bilan telefon orqali suhbatlashdi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qatar amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy bilan telefon orqali muloqot qildi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.
2025-07-08T09:17+0500
2025-07-08T09:17+0500
2025-07-08T09:17+0500
siyosat
o‘zbekiston
qatar
telefon suhbati
shavkat mirziyoyev
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/02/39535698_0:0:1280:720_1920x0_80_0_0_cc7bf35d51e77d72defd8b66d25a9984.jpg
TOShKENT, 8-iyul — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qatar amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy bilan telefon orqali muloqot qildi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati. Suhbatda O‘zbekiston-Qatar strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va ko‘p qirrali amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Suhbat avvalida O‘zbekiston prezidenti Qatar amirining Yaqin Sharqda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash borasidagi faol sa’y-harakatlarini yuksak baholadi. Aytilishicha, o‘zaro tovar ayirboshlash va investitsiya ko‘rsatkichlari faol o‘smoqda. Sanoat kooperatsiya va infratuzilmani modernizatsiya qilish bo‘yicha yirik loyihalar texnik jihatdan tayyorlanmoqda va amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston va Qatar yetakchilari oliy darajadagi tadbirlar rejasini ham ko‘rib chiqishdi.
https://oz.sputniknews.uz/20250124/qatar-mehnat-vazirligi-ozbekistonliklar-kvotalar-47675721.html
o‘zbekiston
qatar
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/02/39535698_63:0:1200:853_1920x0_80_0_0_d763a8ee8af396285f6b26291a3521c7.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston prezidenti shavkat mirziyoyev qatar amiri shayx tamim bin hamad ol soniy
o‘zbekiston prezidenti shavkat mirziyoyev qatar amiri shayx tamim bin hamad ol soniy
O‘zbekiston yetakchisi Qatar amiri bilan telefon orqali suhbatlashdi
O‘zbekiston va Qatar yetakchilari oliy darajadagi tadbirlar rejasini ham ko‘rib chiqishdi.
TOShKENT, 8-iyul — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qatar amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy bilan telefon orqali muloqot qildi, deya xabar berdi davlat rahbari
matbuot xizmati. Suhbatda O‘zbekiston-Qatar strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va ko‘p qirrali amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Suhbat avvalida O‘zbekiston prezidenti Qatar amirining Yaqin Sharqda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash borasidagi faol sa’y-harakatlarini yuksak baholadi.
Aytilishicha, o‘zaro tovar ayirboshlash va investitsiya ko‘rsatkichlari faol o‘smoqda. Sanoat kooperatsiya va infratuzilmani modernizatsiya qilish bo‘yicha yirik loyihalar texnik jihatdan tayyorlanmoqda va amalga oshirilmoqda.
“Shu ma’noda, bo‘lajak yuqori darajadagi tadbirlar, shu jumladan tashqi ishlar vazirlari raisligidagi Muvofiqlashtiruvchi kengashning birinchi uchrashuvi, Hukumatlararo komissiya, Ishbilarmonlar kengashi yig‘ilishlari va biznes forumi natijador bo‘lishiga muhim e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi”, — deyiladi xabarda.
O‘zbekiston va Qatar yetakchilari oliy darajadagi tadbirlar rejasini ham ko‘rib chiqishdi.