https://oz.sputniknews.uz/20250708/jizzax-sohalar-katta-sakrash-mirziyoyev-50398746.html
Jizzax viloyatida ayrim sohalarda “katta sakrash” bo‘lishi kutilmoqda
Jizzax viloyatida ayrim sohalarda “katta sakrash” bo‘lishi kutilmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev ishtirokida islohotlarning Jizzax viloyatidagi ijrosi ko‘rib chiqildi. 08.07.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-07-08T11:18+0500
2025-07-08T11:18+0500
2025-07-08T11:18+0500
jamiyat
o‘zbekiston
jizzax
shavkat mirziyoyev
yangi ish o‘rinlari
loyiha
hokimlar
qishloq xo‘jaligi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/05/1a/49546844_0:52:3456:1996_1920x0_80_0_0_3bbe3a83056954c7b570c8ecf9685038.jpg
TOShKENT, 8-iyul — Sputnik. Jizzax viloyatida sanoat, qishloq xo‘jaligi, turizm va xizmat sohalarida “katta sakrash” qilish kutilmoqda. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida o‘tgan yig‘ilishda ma’lum qilindi. Qayd etilishicha, o‘tgan olti oyda Jizzaxda sanoat, servis va qishloq xo‘jaligida 200 ta loyiha ishga tushdi. Viloyatga 662 million dollar investitsiya kirib keldi. Jizzaxda 1 million 300 ming gektar qishloq xo‘jaligi yerlari bo‘lgani bilan atigi 40 foizida ekin ekilayotgani aytildi. Yig‘ilishda “Islohotlar shtabi” tomonidan tayyorlangan yangi loyihalar taqdimot qilindi: Aytilishicha, so‘nggi vaqtlarda viloyatda 250 million dollarlik yirik turizm majmualari ishga tushgani natijasida bir yilda sayyohlar oqimi 2 karra oshdi.
https://oz.sputniknews.uz/20250108/jizzax-aqlli-suv-boshqarish-tizim-47479565.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/05/1a/49546844_363:0:3094:2048_1920x0_80_0_0_6c99a2fed15ba055e74837c8b3e6fa16.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, jizzax, shavkat mirziyoyev, yangi ish o‘rinlari, loyiha, hokimlar, qishloq xo‘jaligi
jamiyat, o‘zbekiston, jizzax, shavkat mirziyoyev, yangi ish o‘rinlari, loyiha, hokimlar, qishloq xo‘jaligi
Jizzax viloyatida ayrim sohalarda “katta sakrash” bo‘lishi kutilmoqda
Shavkat Mirziyoyev ishtirokida islohotlarning Jizzax viloyatidagi ijrosi ko‘rib chiqildi.
TOShKENT, 8-iyul — Sputnik. Jizzax viloyatida sanoat, qishloq xo‘jaligi, turizm va xizmat sohalarida “katta sakrash” qilish kutilmoqda. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida o‘tgan yig‘ilishda
ma’lum qilindi. Qayd etilishicha, o‘tgan olti oyda Jizzaxda sanoat, servis va qishloq xo‘jaligida 200 ta loyiha ishga tushdi. Viloyatga 662 million dollar investitsiya kirib keldi.
“Lekin Do‘stlik, Zafarobod, Paxtakor, Mirzacho‘l tumanlari bu borada ancha orqada qolayapti. Shu bois yangi loyihalarni avvalo shu tumanlarga joylashtirib, odamlarni ishli qilish zarur”, — deyiladi xabarda.
Jizzaxda 1 million 300 ming gektar qishloq xo‘jaligi yerlari bo‘lgani bilan atigi 40 foizida ekin ekilayotgani aytildi.
“Bir gektarga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha daromad ham boshqa viloyatlarga nisbatan kam. Aslida, yerdan samarali foydalanib, oziq-ovqat mahsulotlari va chorva ozuqasini ko‘paytirish mumkin”, — deya aniqlik kiritilgan xabarda.
Yig‘ilishda “Islohotlar shtabi” tomonidan tayyorlangan yangi loyihalar taqdimot qilindi:
Umumiy qiymati 520 million dollarlik 200 ta loyiha shakllantirilgan;
Ularning natijasida 12 mingta ish o‘rni, budjetga qo‘shimcha 120 milliard so‘m tushum, 100 million dollarlik eksport imkoniyati yaratilishi ko‘zda tutilgan.
“Prezidentimiz loyihalarning iqtisodiy asosi va bozor talabi bilan qiziqdi. Hokimlar va “Islohotlar shtabi” birgalikda ishlab, sanoat, qishloq xo‘jaligi, turizm va xizmat sohalarida “katta sakrash” qilishi kerakligi ta’kidlandi. Shunda Jizzax viloyati investitsiya, ish o‘rni, aholi daromadi va eksport eng tez o‘sayotgan hududlardan biriga aylanadi”, — deya qayd etilgan xabarda.
Aytilishicha, so‘nggi vaqtlarda viloyatda 250 million dollarlik yirik turizm majmualari ishga tushgani natijasida bir yilda sayyohlar oqimi 2 karra oshdi.