Markaziy Osiyo va Xitoy abadiy do‘stlikka qanday erishmoqchi — tafsilotlar

© Sputnik / Sergey Bobilev / Mediabankka o‘tishPrezident Vladimir Putin pribil v Kitay s ofitsialnim vizitom
Prezident Vladimir Putin pribil v Kitay s ofitsialnim vizitom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.06.2025
Obuna bo‘lish
Tomonlar Markaziy Osiyo va Xitoyning yagona taqdiri uchun yanada yaqin hamjamiyatni birgalikda yaratish istagini tasdiqlashdi.
TOShKENT, 18-iyun — Sputnik. Kuni kecha bo‘lib o‘tgan uchrashuv yakunida davlat rahbarlari Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida Abadiy yaxshi qo‘shnichilik, do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma hamda "Markaziy Osiyo - Xitoy" ikkinchi sammitining Ostona deklaratsiyasini imzolashdi.
Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan "Markaziy Osiyo - Xitoy" ikkinchi sammiti yakunida davlat rahbarlari tomonidan qator hujjatlar imzolandi va qabul qilindi. Shartnomani imzolash chog‘ida tomonlar Markaziy Osiyo va Xitoyning yagona taqdiri uchun yanada yaqinroq hamjamiyatni birgalikda yaratish istagini tasdiqlashdi.
“Tomonlar xalqaro huquqning umume’tirof etilgan prinsiplari va normalariga muvofiq suverenitet va hududiy yaxlitlikni o‘zaro hurmat qilish, o‘zaro tajovuz qilmaslik, ichki ishlarga aralashmaslik, tenglik, o‘zaro manfaatdorlik va tinch-totuv yashash prinsiplariga asoslangan uzoq muddatli va mustahkam strategik sheriklik munosabatlarini har tomonlama rivojlantirmoqda”, — deyiladi "Sinxua" axborot agentligi tomonidan e’lon qilingan hujjat matnida.
Tomonlar, shuningdek, o‘zaro kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, nizolarni tinch yo‘l bilan hal etishni tasdiqlashdi. Ular o‘zaro ishonch va strategik hamkorlikni mustahkamlash, milliy voqelikka mos rivojlanish yo‘llari va modellarini tanlashda bir-birini qo‘llab-quvvatlash niyatida.
Hujjat, jumladan, o‘zaro kuch ishlatmaslik va nizolarni tinch yo‘l bilan hal qilishni, shuningdek, boshqa tomonlarga qarshi qaratilgan bloklarda ishtirok etmaslikni nazarda tutadi.
Markaziy Osiyo mamlakatlari va Xitoy o‘rtasidagi munosabatlar, tomonlarni qiziqtirgan global va mintaqaviy masalalar bo‘yicha muntazam fikr almashish va pozitsiyalarni muvofiqlashtirish uchun siyosiy maslahatlashuvlar, barcha darajadagi uchrashuvlar o‘tkazishga katta ahamiyat berilmoqda.
Shartnoma ishtirokchilari bir qator sohalarda hamkorlikni teng huquqlilik va o‘zaro manfaatdorlik tamoyillari asosida rivojlantirishga tayyor ekanliklarini hujjat bilan mustahkamlashdi.
Yo‘nalishlar:
savdo, iqtisodiyot, investitsiyalar;
infratuzilmaviy o‘zaro bog‘liqlik;
muhandislik, energetika, jumladan, gidroenergetika, qayta tiklanuvchi energiya manbalari;
transport, foydali qazilmalar;
qishloq xo‘jaligi, atrof-muhitni muhofaza qilish;
qayta ishlash sanoati;
fan-texnika va boshqa.
Shartnomaga muvofiq, tomonlar madaniyat, ta’lim, sog‘liqni saqlash va tibbiy xizmat, turizm, sport, ommaviy axborot vositalari, shuningdek, o‘zaro manfaatli boshqa sohalarda almashinuv va hamkorlikni rivojlantirish uchun zarur choralarni ko‘radi.
Bundan tashqari, mamlakatlar mudofaa sanoatida hamkorlik qiladi, terrorizm, ekstremizm va jinoyatchilikning boshqa shakllariga qarshi birgalikda kurashadi.
Shu bilan birga, ular BMT va o‘zlari a’zo bo‘lgan boshqa ko‘p tomonlama tashkilotlar va mexanizmlar doirasidagi hamkorlikni mustahkamlashi, global va mintaqaviy tinchlik, barqarorlik va izchil taraqqiyotni ta’minlash uchun sa’y-harakatlarni amalga oshirishi lozim.
Olti davlat rahbarlari tomonidan imzolangan Ostona deklaratsiyasida asosiy manfaatlarni himoya qilishda o‘zaro tushunish, hurmat va qo‘llab-quvvatlash majburiyati belgilangan.
Hujjatda qayd etilishicha, Xitoy Markaziy Osiyo davlatlarining taraqqiyot yo‘lini, ularning davlat mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligini himoya qilish borasidagi sa’y-harakatlarini, olib borayotgan ixtiyori o‘zida bo‘lgan, mustaqil tashqi va ichki siyosatini qat’iy qo‘llab-quvvatlaydi.
O‘z navbatida, Markaziy Osiyo davlatlari yagona Xitoy tamoyiliga sodiqligini tasdiqlaydi, "Tayvan mustaqilligi"ning har qanday ko‘rinishiga qarshi chiqadi va XXR hukumatining mamlakatni birlashtirishga qaratilgan sa’y-harakatlarini qat’iy qo‘llab-quvvatlaydi.
Tomonlar shuningdek:
BMT Bosh Assambleyasining "Adolatli tinchlik, totuvlik va taraqqiyot yo‘lida jahon hamjihatligi to‘g‘risida"gi rezolyutsiyasiga hammualliflik qilishga kelishib olishdi;
BMT Bosh Assambleyasining qator rezolyutsiyalarini, shu jumladan O‘zbekiston tashabbusi bilan qabul qilingan, Markaziy Osiyo mamlakatlarining ekologik muammolarni hal etish va giyohvand moddalarga qarshi kurashda hamkorlik qilishini nazarda tutuvchi hujjatlarni olqishlashdi.
"Markaziy Osiyo - Xitoy" ikkinchi sammitidan boshlab har ikki yilda bir marta tematik yillarni o‘tkazish, 2025-2026 yillarni "Markaziy Osiyo - Xitoy hamkorligini yuqori darajada rivojlantirish yillari" deb e’lon qilishga kelishib olindi.
Qayd etilishicha, 2027-yilda "Markaziy Osiyo - Xitoy" uchinchi sammiti XXRda o‘tkaziladi.
V Astane sostoyalis peregovori Prezidenta Respubliki Uzbekistan Shavkata Mirziyoyeva i Predsedatelya Kitayskoy Narodnoy Respubliki Si Szinpina.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.06.2025
Shavkat Mirziyoyev Si Szinpin bilan uchrashdi — muhokama etilgan masalalar
Yangiliklar lentasi
0