Eron yadro dasturi bo‘yicha muzokaralar olib borishga tayyor — Pezeshkiyon

© RIA Novosti / Fotoxost-agentstvo brics-russia2024.ru / Mediabankka o‘tishXVI sammit BRIKS. Plenarnoe zasedanie XVI sammita BRIKS v formate "autrich" / "BRIKS plyus"
XVI sammit BRIKS. Plenarnoe zasedanie XVI sammita BRIKS  v formate autrich / BRIKS plyus - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.07.2025
Obuna bo‘lish
Eron prezidenti: biz hech qachon tekshiruv tadbirlaridan bo‘yin tovlagan tomon bo‘lmaganmiz.
TOShKENT, 7-iyul — Sputnik. Tehron Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik bilan hamkorlikni to‘xtatganidan so‘ng, yadroviy dasturini tasdiqlash bo‘yicha muzokaralar olib borishga tayyor. Bu haqda Eron prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
MAGATE 4-iyul kuni uning inspektorlari Tehronni tark etib, Eronning Isroil va AQSh bilan qurolli mojarosi paytida agentlikning Venadagi shtab-kvartirasiga yo‘l olgani haqida xabar berdi.
"Yadroviy dasturimizni kuzatish va nazorat qilish haqidagi savolingizga javoban shuni aytmoqchimanki, biz bu borada muzokaralar olib borishga tayyormiz. Biz hech qachon tekshiruv tadbirlaridan bo‘yin tovlagan tomon bo‘lmaganmiz. Biz bunday nazoratni o‘tkazishga tayyormiz”, — dedi Eron prezidenti amerikalik jurnalist Taker Karlsonga bergan intervyusida.
O‘tmishni unuting: yangi dunyo yadroviy to‘qmoq bilan tahdid qiladi
Eron uran ishlab chiqarishni tezda tiklashi mumkin — MAGATE
Gosudarstvenniy flag Irana v Tegerane. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.06.2025
Tehron MAGATE bilan hamkorlikni to‘xtatdi
Yangiliklar lentasi
0