https://oz.sputniknews.uz/20250626/tehron-magate-hamkorlik-50189289.html
Tehron MAGATE bilan hamkorlikni to‘xtatdi
Tehron MAGATE bilan hamkorlikni to‘xtatdi
Sputnik O‘zbekiston
Roman Ustinov: Rossiya yadroviy inshootlarga zarbalar oqibatlari tasvirini taqdim etadigan MAGATEning to‘liq hisobotini talab qilmoqda. 26.06.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-06-26T21:05+0500
2025-06-26T21:05+0500
2025-06-26T21:05+0500
dunyo yangiliklari
dunyoda
eron
isroil
aqsh
rossiya
yadroviy dastur
yadrosiz dunyo
magate
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/01/12/42089245_0:193:3092:1932_1920x0_80_0_0_0bcdd67d468c94d8d8d20670345a52de.jpg
TOShKENT, 26-iyun — Sputnik. Eron Konstitutsiya qo‘riqchilari kengashi MAGATE bilan hamkorlikni to‘xtatish to‘g‘risidagi qonun loyihasini tasdiqladi. Bu haqda nazorat organining rasmiy vakili Hodi Tahan Nazif X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.Ushbu qonun loyihasi kuni kecha majlis tomonidan ma’qullandi. Parlamentning tushuntirishicha, Tehron Eron yadroviy obyektlari va atom olimlari xavfsizligini ta’minlamaguncha agentlik bilan hamkorlikni to‘xtatadi. Eron parlamenti MAGATE bilan hamkorlikni to‘xtatish loyihasini ma’qulladiHujjatda, shuningdek, MAGATE xodimlari islom respublikasiga tekshiruvlar o‘tkazish uchun faqat mamlakat Milliy xavfsizlik oliy kengashi roziligi bilan tashrif buyurishi mumkinligi aytilgan. Rossiya Federatsiyasining Venadagi xalqaro tashkilotlar huzuridagi doimiy vakili o‘rinbosari Roman Ustinov RIA Novostiga ma’lum qilishicha, MAGATE, chaqiriqlarga qaramay, hozircha Eron yadroviy obyektlariga berilgan zarbalar oqibatlarini aniq, xolis baholaydigan to‘liq ma’ruzani taqdim etmadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, odatda bunday pozitsiya rezolyutsiya shaklida ifodalanadi. Uning ta’kidlashicha, zarbalar davom etayotgan va keskinlik kuchayib borayotgan bir paytda agentlik saytidagi ma’lumotlarning o‘zi yetarli emas. Rossiya AQShning Eronga zarbasi fonida MAGATEdan "aylanma gaplarsiz" aniq munosabat kutmoqda
https://oz.sputniknews.uz/20250625/magate-obro-jiddiy-putur-peskov-50167376.html
eron
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/01/12/42089245_361:0:3092:2048_1920x0_80_0_0_c987749af70126ff446d02dc5d635451.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyo yangiliklari, dunyoda, eron, isroil, aqsh, rossiya, yadroviy dastur, yadrosiz dunyo, magate
dunyo yangiliklari, dunyoda, eron, isroil, aqsh, rossiya, yadroviy dastur, yadrosiz dunyo, magate
Tehron MAGATE bilan hamkorlikni to‘xtatdi
Roman Ustinov: Rossiya yadroviy inshootlarga zarbalar oqibatlari tasvirini taqdim etadigan MAGATEning to‘liq hisobotini talab qilmoqda.
TOShKENT, 26-iyun — Sputnik. Eron Konstitutsiya qo‘riqchilari kengashi MAGATE bilan hamkorlikni to‘xtatish to‘g‘risidagi qonun loyihasini tasdiqladi. Bu haqda nazorat organining rasmiy vakili Hodi Tahan Nazif X ijtimoiy tarmog‘ida
ma’lum qildi. “Hukumatga MAGATE bilan hamkorlikni to‘xtatish majburiyatini yuklaydigan loyiha qo‘riqchilar kengashi a’zolari tomonidan ko‘rib chiqilgandan so‘ng Islom qonunlari va konstitutsiyaga zid emasligi aniqlandi”, — deb yozadi rasmiy vakil.
Ushbu qonun loyihasi kuni kecha majlis tomonidan ma’qullandi. Parlamentning tushuntirishicha, Tehron Eron yadroviy obyektlari va atom olimlari xavfsizligini ta’minlamaguncha agentlik bilan hamkorlikni to‘xtatadi.
Hujjatda, shuningdek, MAGATE xodimlari islom respublikasiga tekshiruvlar o‘tkazish uchun faqat mamlakat Milliy xavfsizlik oliy kengashi roziligi bilan tashrif buyurishi mumkinligi aytilgan.
Rossiya Federatsiyasining Venadagi xalqaro tashkilotlar huzuridagi doimiy vakili o‘rinbosari Roman Ustinov
RIA Novostiga ma’lum qilishicha, MAGATE, chaqiriqlarga qaramay, hozircha Eron yadroviy obyektlariga berilgan zarbalar oqibatlarini aniq, xolis baholaydigan to‘liq ma’ruzani taqdim etmadi.
“Ushbu obyektlar inspektorlar tomonidan tekshirilgan va ularga hech qanday e’tiroz yo‘q edi - barcha yadroviy materiallar faqat tinch maqsadlarda ishlatilgan. Shunday qilib, MAGATEning ikkala asosiy funksiyasi ham xavf ostida qoladi: atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanishni targ‘ib qilish va uning harbiy maqsadlarda foydalanilmasligini nazorat qilish. Va bu borada agentlik aniq pozitsiyani egallashga majbur", — dedi Ustinov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, odatda bunday pozitsiya rezolyutsiya shaklida ifodalanadi. Uning ta’kidlashicha, zarbalar davom etayotgan va keskinlik kuchayib borayotgan bir paytda agentlik saytidagi ma’lumotlarning o‘zi yetarli emas.
“Rossiya bo‘layotgan voqealarga aniq va xolis baho beradigan hamda AQSh va Isroilning Eron yadroviy inshootlariga zarbalari oqibatlari tasvirini taqdim etadigan MAGATEning to‘liq hisobotini talab qilmoqda", — deya xulosa qildi Ustinov.