Xitoylik ishbilarmonlar O‘zbekiston bilan qaysi sohalarda hamkorlik qilmoqchi?

© Depositphotos / Pavel DanilyukRukopojatie. Arxivnoe foto
Rukopojatie. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.07.2025
Obuna bo‘lish
Chjeszan provinsiyasi kompaniyalari vakillaridan iborat delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyuradi.
TOShKENT, 6-iyul — Sputnik. Xitoylik ishbilarmonlar O‘zbekiston bilan qishloq xo‘jaligi va suv resurslarini tejash sohalarida hamkorlik qilishga qiziqish bildirdi, deya xabar berdi “Dunyo" AA.
O‘zbekistonning Shanxaydagi bosh konsulxonasi tomonidan Xitoyning Chjeszan provinsiyasi rasmiylari bilan birgalikda biznes-simpozium tashkil etildi.
Tadbirda provinsiyaning mas’ul iqtisodiy tuzilmalari, biznes uyushmalari va yetakchi mahalliy kompaniyalar vakillari ishtirok etdi. Unda O‘zbekistonning investitsiyaviy imkoniyatlari, savdo-iqtisodiy va turizm salohiyatiga bag‘ishlangan taqdimot o‘tkazildi.
Qayd etilishicha, Chjeszan provinsiyasida sanoat, "yashil" energetika, energiyani tejash va yangi materiallar ishlab chiqarish sohalari rivojlanmoqda.
“Xitoy biznesi O‘zbekistondagi loyihalarda ishtirok etishga, xususan, qishloq xo‘jaligi va suv resurslarini tejash sohalarida hamkorlik qilishga qiziqish bildirdi”, — deyiladi xabarda.
Anjumanda mamlakatda ishlayotgan Xitoyning "Holley Group" kompaniyasi xodimlari O‘zbekistondagi tajribalari haqida so‘zlab berishdi.
Tadbir yakunida Chjeszan provinsiyasi kompaniyalari vakillaridan iborat delegatsiyaning O‘zbekistonga biznes-missiyasini tashkil etishga kelishib olindi.
Prazdnik moda v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.07.2025
O‘zbekistonda xitoylik ishbilarmonlar hamkorligida asal mahsulotlari yetishtiriladi
Yangiliklar lentasi
0