https://oz.sputniknews.uz/20250703/ozbekiston-xitoy-hamkorlik-asal-50323646.html
O‘zbekistonda xitoylik ishbilarmonlar hamkorligida asal mahsulotlari yetishtiriladi
O‘zbekistonda xitoylik ishbilarmonlar hamkorligida asal mahsulotlari yetishtiriladi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston asalarichilari uyushmasi va Xitoyning Asalarichilik qo‘mitasi hamkorlik qilishga kelishib oldi. 03.07.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-07-03T14:12+0500
2025-07-03T14:12+0500
2025-07-03T14:12+0500
jamiyat
o‘zbekiston
xitoy
asal
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0c/06/46978190_0:0:3072:1728_1920x0_80_0_0_fc6c1f421c7702709984658b409cf949.jpg
TOShKENT, 3-iyul — Sputnik. O‘zbekiston va Xitoy asalarichilari hamkorlikni chuqurlashtirishga kelishib oldi. Bu haqda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi (SSP) matbuot xizmati xabar berdi. O‘zbekiston asalarichilari uyushmasi vakillari Xitoyning Shandong provinsiyasi Asalarichilik qo‘mitasi raisi Joy Chong Si boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi. Uchrashuvda xitoylik ishbilarmonlar bilan respublika hududida bir qator yo‘nalishlarda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi. Muhokama etilgan masalalar: Shuningdek, tomonlar asalarichilik mahsulotlarini eksport qilish geografiyasini kengaytirish, yangi bozorlarga chiqish imkoniyatlari va qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish yuzasidan ham fikr almashishdi.
https://oz.sputniknews.uz/20250213/ozbekiston-pokiston-asal-eksport-47947139.html
o‘zbekiston
xitoy
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0c/06/46978190_302:0:3033:2048_1920x0_80_0_0_dfedf0e78da284a1040b6a9d32acf3ea.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, xitoy, asal
jamiyat, o‘zbekiston, xitoy, asal
O‘zbekistonda xitoylik ishbilarmonlar hamkorligida asal mahsulotlari yetishtiriladi
O‘zbekiston asalarichilari uyushmasi va Xitoyning Asalarichilik qo‘mitasi hamkorlik qilishga kelishib oldi.
TOShKENT, 3-iyul — Sputnik. O‘zbekiston va Xitoy asalarichilari hamkorlikni chuqurlashtirishga kelishib oldi. Bu haqda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi (SSP) matbuot xizmati
xabar berdi. O‘zbekiston asalarichilari uyushmasi vakillari Xitoyning Shandong provinsiyasi Asalarichilik qo‘mitasi raisi Joy Chong Si boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.
Uchrashuvda xitoylik ishbilarmonlar bilan respublika hududida bir qator yo‘nalishlarda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
“Muzokaralar samarali ruhda o‘tdi va o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada chuqurlashtirish yuzasidan dastlabki kelishuvlarga erishildi”, — deyiladi xabarda.
Muhokama etilgan masalalar:
asalari zahri, ona ari suti, gulchangi, propolis va mum parda kabi mahsulotlarni sanoat miqyosida ishlab chiqarish;
asalni qadoqlash va eksportbop holatda tayyorlash;
sopol va yog‘och materiallardan asalarichilik mahsulotlari uchun ixcham, ekologik idishlar tayyorlash bo‘yicha zamonaviy texnologiyalarni joriy etish.
Shuningdek, tomonlar asalarichilik mahsulotlarini eksport qilish geografiyasini kengaytirish, yangi bozorlarga chiqish imkoniyatlari va qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish yuzasidan ham fikr almashishdi.