Nima uchun yodlangan osh tuzi iste’mol qilish zarur?

© Ministerstvo zdravooxraneniyaPochemu neobxodimo upotreblyat yodirovannuyu povarennuyu sol?
Pochemu neobxodimo upotreblyat yodirovannuyu povarennuyu sol? - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.07.2025
Obuna bo‘lish
Inson organizmida yod moddasi kamayishi endemik buqoq, aqliy zaiflik, perinatal va chaqaloqlar o‘limining ko‘payishiga olib kelishi mumkin.
TOShKENT, 5-iyul — Sputnik. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra, dunyo aholisining uchdan bir qismi tabiiy yod tanqis bo‘lgan sharoitda yashaydi. Ularning 30 foizdan ortig‘i — maktab yoshidagi bolalar.
Bu masalaga nima uchun global muammo sifatida qaraladi? Tibbiyot fanlari nomzodi Feruza Tohirova shu haqda ma’lumot berdi.
“Inson organizmida yod moddasi kamayishi endemik buqoq, aqliy zaiflik, perinatal va chaqaloqlar o‘limining ko‘payishiga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari, ushbu element tanqisligi tug‘ma kasalliklar darajasini oshiradi, homila va chaqaloqlarda miyaning qaytarilmas shikastlanishi, intellektual salohiyat pasayishiga sabab bo‘ladi”, — deydi mutaxassis.
Ta’kidlanishicha, Markaziy Osiyo yod tanqisligi oqibatida kelib chiqadigan patologiyalar keng tarqalgan endemik mintaqalar sirasiga kiradi.
Bu omil O‘zbekistonda “Aholi o‘rtasida mikronutriyent yetishmasligi profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilinishiga asos bo‘ldi. Mazkur hujjatda davlat standarti talablariga muvofiq, osh tuzi tarkibida yod miqdori tonnasiga 40 gramm miqdorda bo‘lishi belgilangan.
“Sifatli osh tuzining qadog‘ida ishlab chiqargan tashkilot va mahsulot nomi, tovar belgisi, uning navi hamda yanchilish darajasi, ishlab chiqarilgan sanasi, yaroqlilik muddati, yodlash qo‘shimchasi nomlanishi hamda boshqa qator ma’lumotlar aks etishi kerak”, - deydi mutaxassis.
Qayd etilishicha, osh tuzlarini 28 darajadan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlash talab etiladi. Qotib qolgan, nam tortgan, hidlangan, yaroqlilik muddati o‘tgan, qadoqlari buzilgan osh tuzlarining foydali xususiyatlari yo‘qolgan bo‘ladi. Ularni iste’mol qilmaslik tavsiya etiladi.
JSST organizmdagi moddalar almashinuvini meyorlashtirish uchun kunlik yodlangan osh tuzi iste’molini bir choy qoshiq — 5 grammdan oshirmaslikni tavsiya qiladi.
Prodaja morojenogo v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.06.2025
Ayron, o‘rik sharbati kabi qo‘lbola ichimliklarni iste’mol qilmang — SSV
Yangiliklar lentasi
0