https://oz.sputniknews.uz/20250704/vladivostok-teatri-toshkent-usta-va-margarita-50345920.html
Vladivostok teatri Toshkentda “Usta va Margarita”ni taqdim etdi
Vladivostok teatri Toshkentda “Usta va Margarita”ni taqdim etdi
Sputnik O‘zbekiston
M. Gorkiy nomidagi Primorye o‘lkasi akademik drama teatri O‘zbekistondagi gastrollarini Mixail Bulgakovning mashhur romani asosida tayyorlangan “Usta va Margarita” spektakli bilan boshladi
2025-07-04T13:54+0500
2025-07-04T13:54+0500
2025-07-04T14:02+0500
video
o‘zbekiston - rossiya
madaniyat
hamkorlik
spektakl
teatr
toshkent
samarqand
farg‘ona
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/07/04/50345751_0:0:1920:1080_1920x0_80_0_0_a47eec203b33b67f2aa83bb7bb21cbae.jpg
M. Gorkiy nomidagi Primorye o‘lkasi akademik drama teatri O‘zbekistondagi gastrollarini Mixail Bulgakovning mashhur romani asosida tayyorlangan “Usta va Margarita” spektakli bilan boshladi, deb xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.Poytaxtdagi “Turkiston”da “Usta va Margarita” spektakli boshlanishidan avval Primorye o‘lkasi hukumati raisi Vera Sherbina nutq so‘zladi. U Primorye o‘lkasi O‘zbekiston bilan yaqin, o‘zaro manfaatli aloqalar o‘rnatayotganini ta’kidladi.O‘zbekiston Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Avazxon Tojixonov mehmonlarni qutlar ekan, so‘nggi yillarda O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi madaniy almashinuvlar ortib borayotganini qo‘shimcha qildi. 2023-yilda “Rossiya fasllari”, o‘tgan yili Kreml saroyida O‘zbekiston madaniyati kunlari va yaqinda O‘zbekistonda Rossiya madaniyati kunlari muvaffaqiyatli o‘tkazildi.“Usta va Margarita” spektaklida 45 nafar aktor ishtirok etgan, truppa o‘zi bilan ko‘plab dekoratsiya va rekvizitlar olib kelgan. Spektaklda Rossiya Federatsiyasi xalq artistlari Vladimir Sergiyakov va Aleksandr Slavskiy, xizmat ko‘rsatgan artistlar, hukumat mukofoti laureatlari va faxriy madaniyat xodimlari ishtirok etmoqda.Primorye o‘lkasi akademik drama teatrining gastrollari 25-iyulga qadar davom etadi va Samarqand va Farg‘onani ham qamrab oladi.Batafsil videoda tomosha qiling.
https://oz.sputniknews.uz/20250702/primore-artistlari-ozbekiston-spektakl-50305245.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/07/04/50345751_226:0:1666:1080_1920x0_80_0_0_b2d1137e1b084005627350194a8c01c2.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
vladivostok teatri toshkent “usta va margarita”
vladivostok teatri toshkent “usta va margarita”
Vladivostok teatri Toshkentda “Usta va Margarita”ni taqdim etdi
13:54 04.07.2025 (yangilandi: 14:02 04.07.2025) Eksklyuziv
Primorye o‘lkasi akademik drama teatrining gastrollari 25-iyulga qadar davom etadi.
M. Gorkiy nomidagi Primorye o‘lkasi akademik drama teatri O‘zbekistondagi gastrollarini Mixail Bulgakovning mashhur romani asosida tayyorlangan “Usta va Margarita” spektakli bilan boshladi, deb xabar berdi
Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
“Biz yuz kishi bo‘lib keldik, oltmish futlik to‘rtta konteyner olib keldik. Biz sizlarga yoqishni juda xohlagan edik, shuning uchun kibrlanmasdan, chuqur his-tuyg‘uli rus teatri artistlarga xos bo‘lishga intildik. Zavq bilan tomosha qiling!”, - dedi teatrning badiiy rahbari, Rossiya Federatsiyasi xalq artisti Yefim Zvenyaskiy.
Poytaxtdagi “Turkiston”da “Usta va Margarita” spektakli boshlanishidan avval Primorye o‘lkasi hukumati raisi Vera Sherbina nutq so‘zladi. U Primorye o‘lkasi O‘zbekiston bilan yaqin, o‘zaro manfaatli aloqalar o‘rnatayotganini ta’kidladi.
“Sizlar bilan umumiy tarixga egamiz. Bir-birimiz bilan bo‘lishish mumkin bo‘lgan umumiy jihatlarimiz juda ko‘p. Farzandlarimiz ikki davlat: Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekiston madaniyatini o‘rganishi kerak. Ko‘radigan va ko‘rsatadigan narsalarimiz bor. Ko‘p tadbirlar o‘tkazilgan. Biz siz bilan bir-birimizga juda kerakmiz”, - deydi u.
O‘zbekiston Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Avazxon Tojixonov mehmonlarni qutlar ekan, so‘nggi yillarda O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi madaniy almashinuvlar ortib borayotganini qo‘shimcha qildi. 2023-yilda “Rossiya fasllari”, o‘tgan yili Kreml saroyida O‘zbekiston madaniyati kunlari va yaqinda O‘zbekistonda Rossiya madaniyati kunlari muvaffaqiyatli o‘tkazildi.
“Usta va Margarita” spektaklida 45 nafar aktor ishtirok etgan, truppa o‘zi bilan ko‘plab dekoratsiya va rekvizitlar olib kelgan. Spektaklda Rossiya Federatsiyasi xalq artistlari Vladimir Sergiyakov va Aleksandr Slavskiy, xizmat ko‘rsatgan artistlar, hukumat mukofoti laureatlari va faxriy madaniyat xodimlari ishtirok etmoqda.
Primorye o‘lkasi akademik drama teatrining gastrollari 25-iyulga qadar davom etadi va Samarqand va Farg‘onani ham qamrab oladi.
Batafsil videoda tomosha qiling.