Primorye artistlari O‘zbekistonda mashhur spektakllarni namoyish etadi
16:00 02.07.2025 (yangilandi: 09:02 04.07.2025)
© Primorskiy akademicheskiy krayevoy dramaticheskiy teatr imeni M. GorkogoV Uzbekistane nachalis gastroli Primorskogo krayevogo akademicheskogo dramaticheskogo teatra im. M. Gorkogo

© Primorskiy akademicheskiy krayevoy dramaticheskiy teatr imeni M. Gorkogo
Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
San’atkorlar 25-iyulga qadar mamlakatda bo‘lib, tomoshabinlarni o‘z mahorati bilan xursand qiladi.
TOShKENT, 2-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda M. Gorkiy nomidagi Primorye o‘lkasi akademik drama teatrining gastrol safari boshlandi, deya xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
San’atkorlar 25-iyulga qadar mamlakatda bo‘lib, Toshkentdan tashqari Samarqand va Farg‘ona aholisini o‘z mahorati bilan xursand qiladi. Ular bugun, 2-iyul kuni, toshkentlik tomoshabinlarga taqdim etadigan birinchi spektakl "Usta va Margarita" bo‘ladi.
© Primorskiy akademicheskiy krayevoy dramaticheskiy teatr imeni M. GorkogoV Uzbekistane nachalis gastroli Primorskogo krayevogo akademicheskogo dramaticheskogo teatra im. M. Gorkogo

V Uzbekistane nachalis gastroli Primorskogo krayevogo akademicheskogo dramaticheskogo teatra im. M. Gorkogo
© Primorskiy akademicheskiy krayevoy dramaticheskiy teatr imeni M. Gorkogo
Kuni kecha "Turkiston" saroyida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Unda teatrning badiiy rahbari, Rossiya Federatsiyasi xalq artisti, "Oltin niqob" ("Zolotaya maska") mukofoti sovrindori Yefim Zvenyaskiy, Rossiya Federatsiyasi Teatr arboblari ittifoqining Primorye bo‘limi raisi Yana Malk, Rossiya Federatsiyasi xalq artisti Aleksandr Slavskiy, Rossiya Federatsiyasining Primorskiy kray madaniyati faxriysi Natalya Ovchinnikova va artist Valeriya Zaporojes ishtirok etdi.
© SputnikV Uzbekistane nachalis gastroli Primorskogo krayevogo akademicheskogo dramaticheskogo teatra im. M. Gorkogo

V Uzbekistane nachalis gastroli Primorskogo krayevogo akademicheskogo dramaticheskogo teatra im. M. Gorkogo
© Sputnik
Yefim Zvenyaskiy Primorye teatrining dastlabki bunday keng ko‘lamli gastrollari haqida gapirar ekan, so‘nggi yillarda Rossiyaning ushbu mintaqasi bilan O‘zbekiston o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar sezilarli darajada mustahkamlanganini ta’kidladi.
Vladivostokda ham ko‘p sonli o‘zbek diasporasi istiqomat qiladi.
"Bu yerda bo‘lish imkoniyati uchun O‘zbekistonga rahmat", — dedi u.
© Primorskiy akademicheskiy krayevoy dramaticheskiy teatr imeni M. GorkogoV Uzbekistane nachalis gastroli Primorskogo krayevogo akademicheskogo dramaticheskogo teatra im. M. Gorkogo

V Uzbekistane nachalis gastroli Primorskogo krayevogo akademicheskogo dramaticheskogo teatra im. M. Gorkogo
© Primorskiy akademicheskiy krayevoy dramaticheskiy teatr imeni M. Gorkogo
Teatr o‘zbek tomoshabinlariga taqdim etadigan spektakllar:
"Usta va Margarita" (Master i Margarita);
"Ayozda yalangoyoq ..." (Po morozu bosikom...);
"Silva emas, operetta emas" (Ne Silva, ne operetta);
"Samoviy tixoxod. Motivlar" (Nebesniy tixoxod. Motivi);
"Jazda faqat qizlar" (V djaze tolko devushki).
© Primorskiy akademicheskiy krayevoy dramaticheskiy teatr imeni M. GorkogoV Uzbekistane nachalis gastroli Primorskogo krayevogo akademicheskogo dramaticheskogo teatra im. M. Gorkogo

V Uzbekistane nachalis gastroli Primorskogo krayevogo akademicheskogo dramaticheskogo teatra im. M. Gorkogo
© Primorskiy akademicheskiy krayevoy dramaticheskiy teatr imeni M. Gorkogo
Yana Malkning ta’kidlashicha, bularning barchasi keng tomoshabinlar auditoriyasiga mo‘ljallangan juda dinamik va chiroyli postanovkalar.
"O‘ylaymanki, bu spektakllar barchaga: oilalarga ham, yoshlarga ham, kattalarga ham qiziqarli bo‘ladi", — deya qayd etdi u.
Gastrollar uchun tanlangan repertuar haqida gapirar ekan, Yefim Zvenyaskiy spektakllarning ma’rifiy ohangda bo‘lishi muhimligini aytdi.
© Primorskiy akademicheskiy krayevoy dramaticheskiy teatr imeni M. GorkogoV Uzbekistane nachalis gastroli Primorskogo krayevogo akademicheskogo dramaticheskogo teatra im. M. Gorkogo

V Uzbekistane nachalis gastroli Primorskogo krayevogo akademicheskogo dramaticheskogo teatra im. M. Gorkogo
© Primorskiy akademicheskiy krayevoy dramaticheskiy teatr imeni M. Gorkogo
"Bizda mehribon teatr bor. Biz sahnadan mehribonlik olib kelyapmiz. Biz rus psixologik teatrini davom ettirmoqchimiz. Yosh avlodni e’tibordan chetda qoldirmaslik muhim, chunki biz manqurt bo‘lmasligimiz kerak”, — deya qo‘shimcha qildi u.
Shuningdek, san’atkorlar O‘zbekiston haqidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashib, ularni o‘zbek tomoshabini bilan uchrashish va O‘zbekistonning boy madaniyati bilan tanishishning qiziqarli kunlari kutayotganiga ishonch bildirishdi.
© Primorskiy akademicheskiy krayevoy dramaticheskiy teatr imeni M. GorkogoV Uzbekistane nachalis gastroli Primorskogo krayevogo akademicheskogo dramaticheskogo teatra im. M. Gorkogo

V Uzbekistane nachalis gastroli Primorskogo krayevogo akademicheskogo dramaticheskogo teatra im. M. Gorkogo
© Primorskiy akademicheskiy krayevoy dramaticheskiy teatr imeni M. Gorkogo
Teatr gastrollari Primorye o‘lkasi gubernatori Oleg Kojemako va Primorskiy kray hukumati ko‘magida o‘tkazilmoqda.