O‘zbekiston prezidenti IHT sammitining madaniy tadbirlarida ishtirok etdi — foto
O‘zbekiston prezidenti IHT sammitining madaniy tadbirlarida ishtirok etdi — foto
Sputnik O‘zbekiston
Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining 17-sammiti doirasida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev hamrohligida Ag‘dam shahridagi "Imorat" tarixiy-me’moriy majmuasiga tashrif buyurdi.
TOShKENT, 4-iyul — Sputnik. Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining (IHT) 17-sammiti doirasida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev hamrohligida Ag‘dam shahridagi "Imorat" tarixiy-me’moriy majmuasiga tashrif buyurdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.Bu yerga tashkilotga a’zo mamlakatlar delegatsiyalari rahbarlari ham keldi."Imorat" majmuasida Qorabog‘ xonligi asoschisi Panoh Alixonning saroyi va maqbarasi joylashgan. 2024-yilda majmua restavratsiya ishlari va arxeologik tadqiqotlardan so‘ng qayta ochildi.Bu yerda Qorabog‘ tulporlari parki va interaktiv muzey tashkil etilgan.Yetakchilar majmuada yaratilgan sharoitlar, bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi. Mehmonlar e’tiboriga Ozarbayjon Qorabog‘ining boy madaniyati va an’analarini aks ettiruvchi Qorabog‘ tulporlari ishtirokidagi "Zafar" nomli madaniy dastur taqdim etildi.
Mehmonlar e’tiboriga Qorabog‘ tulporlari ishtirokidagi "Zafar" nomli madaniy dastur taqdim etildi.
TOShKENT, 4-iyul — Sputnik. Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining (IHT) 17-sammiti doirasida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev hamrohligida Ag‘dam shahridagi "Imorat" tarixiy-me’moriy majmuasiga tashrif buyurdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Bu yerga tashkilotga a’zo mamlakatlar delegatsiyalari rahbarlari ham keldi.
Ag‘dam shahri Ozarbayjonning g‘arbiy qismida, Qorabog‘ tumanida joylashgan. 2021-yildan boshlab shahar infratuzilmasi faol tiklanmoqda: yangi maktablar, bolalar bog‘chalari, uy-joylar, ma’muriy binolar qurilmoqda.
"Imorat" majmuasida Qorabog‘ xonligi asoschisi Panoh Alixonning saroyi va maqbarasi joylashgan. 2024-yilda majmua restavratsiya ishlari va arxeologik tadqiqotlardan so‘ng qayta ochildi.
Bu yerda Qorabog‘ tulporlari parki va interaktiv muzey tashkil etilgan.
Yetakchilar majmuada yaratilgan sharoitlar, bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi. Mehmonlar e’tiboriga Ozarbayjon Qorabog‘ining boy madaniyati va an’analarini aks ettiruvchi Qorabog‘ tulporlari ishtirokidagi "Zafar" nomli madaniy dastur taqdim etildi.