Mirziyoyev Bokudagi G‘alaba bog‘iga tashrif buyurdi va Haydar Aliyev qabriga gul qo‘ydi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana pochtil pamat geroyev Azerbaydjana
Prezident Uzbekistana pochtil pamat geroyev Azerbaydjana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.07.2025
Obuna bo‘lish
Prezident Ozarbayjonning buyuk davlat va siyosat arbobi xotirasiga ehtirom ko‘rsatdi.
TOShKENT, 3-iyul — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjonga davlat tashrifining ikkinchi kunida Bokudagi G‘alaba bog‘iga tashrif buyurdi, shuningdek Haydar Aliyev qabriga gul qo‘ydi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
O‘zbekiston yetakchisi G‘alaba kuniga bag‘ishlangan yodgorlik poyiga gul qo‘yib, Ozarbayjon vatanparvarlari xotirasiga hurmat bajo keltirdi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana pochtil pamat geroyev Azerbaydjana
Prezident Uzbekistana pochtil pamat geroyev Azerbaydjana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.07.2025
Prezident Uzbekistana pochtil pamat geroyev Azerbaydjana
Ozarbayjon poytaxti markazida joylashgan yodgorlik majmuasi mamlakat ozodligi va hududiy yaxlitligi yo‘lida qurbon bo‘lgan milliy qahramonlar xotirasini abadiylashtirish maqsadida bunyod etilgan.
Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon xalqining umummilliy yetakchisi Haydar Aliyev mangu qo‘nim topgan Faxr xiyoboniga tashrif buyurdi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana otdal dan uvajeniya pamati Geydara Aliyeva
Prezident Uzbekistana otdal dan uvajeniya pamati Geydara Aliyeva - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.07.2025
Prezident Uzbekistana otdal dan uvajeniya pamati Geydara Aliyeva
Prezident Haydar Aliyev qabriga gul qo‘yib, Ozarbayjonning buyuk davlat va siyosat arbobi xotirasiga ehtirom ko‘rsatdi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana otdal dan uvajeniya pamati Geydara Aliyeva
Prezident Uzbekistana otdal dan uvajeniya pamati Geydara Aliyeva - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.07.2025
Prezident Uzbekistana otdal dan uvajeniya pamati Geydara Aliyeva
Qayd etilishicha, O‘zbekistonda Haydar Aliyevni qardosh davlatlar o‘rtasidagi do‘stlik aloqalarini rivojlantirish va mustahkamlashga katta ahamiyat bergan davlat arbobi sifatida chuqur hurmat qilishadi.
Yangiliklar lentasi
0