Mirziyoyev Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining 17-sammitida nimalarni taklif qildi?
17:30 04.07.2025 (yangilandi: 17:53 04.07.2025)
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev vistupil na sammite Organizatsii ekonomicheskogo sotrudnichestva v Xankendi.

© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti qator dolzarb masalalarga e’tibor qaratdi.
TOShKENT, 4-iyul — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xonkendi shahrida Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining (IHT) 17-sammitida ishtirok etdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev raisligida o‘tgan tadbirda Eron prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon, Qirg‘iz Respublikasi prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon, Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an, Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif, Qozog‘iston bosh vaziri Oljas Bektenov, Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisining o‘rinbosari - tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov, Afg‘oniston bosh vaziri o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi Mulla Abdul G‘ani Barodar, IHT bosh kotibi Asad Majid Xon hamda boshqa qator davlatlar va mintaqaviy tashkilotlar delegatsiyalari rahbarlari qatnashdi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev prinyal uchastie v 17-m sammite Organizatsii ekonomicheskogo sotrudnichestva v gorode Xankendi

Shavkat Mirziyoyev prinyal uchastie v 17-m sammite Organizatsii ekonomicheskogo sotrudnichestva v gorode Xankendi
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
IHT doirasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari ko‘rib chiqildi, dolzarb xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan fikr almashildi.
Mirziyoyev so‘zining avvalida xavfsizlik va barqaror taraqqiyotga tahdid solayotgan xavf-xatarlarni qayd etdi. O‘zbekiston yetakchisi mojaro va nizolarni diplomatiya va konstruktiv muzokaralar yo‘li bilan hal etish muhim ekanini yana bir bor ta’kidladi.
Shu bilan birga, Falastin-Isroil ziddiyatini adolatli hal etmasdan turib, Yaqin Sharqda tinchlik va barqarorlikka erishib bo‘lmasligi ta’kidlandi.
O‘zbekiston prezidenti ushbu qator dolzarb masalalarga e’tibor qaratdi:
Avvalo, tashkilotning o‘rta va uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan rivojlanish ustuvor yo‘nalishlarini ilgari surish maqsadida "Iqtisodiy hamkorlikning strategik maqsadlari - 2035" konsepsiyasini qabul qilish muhimligi qayd etildi.
Strategik masalalarni muhokama qilish va Savdoni soddalashtirish to‘g‘risidagi bitimni qabul qilish uchun joriy yilda Toshkent shahrida savdo vazirlarining uchrashuvini o‘tkazish taklif qilindi.
Mirziyoyev qishloq xo‘jaligi mahsulotlari savdosi bo‘yicha tezkor axborot almashish va ularni to‘siqsiz yetkazib berish uchun "yashil yo‘laklar" tizimini yaratish tashabbusini ilgari surdi.
Investitsiyaviy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, yanada shaffof va jozibador investitsiya muhitini shakllantirish maqsadida uzoq muddatli "Ekoinvest" dasturini qabul qilish muhimligi ta’kidlandi.
“Bu dasturning asosiy maqsadi mintaqamizdagi istiqbolli loyihalarga xususiy investorlar, banklar va xalqaro moliya institutlarini keng jalb etish, deb hisoblaymiz”, - dedi O‘zbekiston yetakchisi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev prinyal uchastie v 17-m sammite Organizatsii ekonomicheskogo sotrudnichestva v gorode Xankendi

Shavkat Mirziyoyev prinyal uchastie v 17-m sammite Organizatsii ekonomicheskogo sotrudnichestva v gorode Xankendi
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Xitoy - Qirg‘iziston - O‘zbekiston temir yo‘li loyihasi keng mintaqadagi tranzit tarmoqlarini samarali bog‘lash imkonini berishi qayd etildi.
Mirziyoyev transport-logistika sohasini raqamlashtirish bo‘yicha tizimli ishlarni yo‘lga qo‘yish maqsadida Raqamli transport va bojxona idorasini tashkil etishni tezlashtirish taklifini ham ilgari surdi.
“Mintaqada yangi aviaqatnovlar yo‘nalishlarini ochish, aviakompaniyalar o‘rtasida innovatsion hamkorlik shakllarini yo‘lga qo‘yish, turizm va aviatsiya sohalari o‘rtasida marketing bo‘yicha integratsiyalashgan strategiyalarni ishlab chiqish dolzarb vazifalardan biridir”, - dedi O‘zbekiston rahbari.
Shu masalalarni muhokama qilish uchun joriy yilda Samarqandda Milliy aviakompaniyalar forumini o‘tkazish taklif qilindi.
Global iqlim kun tartibidagi masalalarda sa’y-harakatlarni birlashtirish muhimligini qayd etib, Mirziyoyev cho‘l hududlarida o‘rmonlar tashkil qilish va rekreatsiya zonalarini barpo etish bo‘yicha Transchegaraviy "yashil dastur" ishlab chiqish tashabbusini ilgari surdi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev prinyal uchastie v 17-m sammite Organizatsii ekonomicheskogo sotrudnichestva v gorode Xankendi

Shavkat Mirziyoyev prinyal uchastie v 17-m sammite Organizatsii ekonomicheskogo sotrudnichestva v gorode Xankendi
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
O‘zbekiston yetakchisi Yuqori darajadagi qo‘mita ishini ijobiy baholab, unga kelgusi sammitga qadar IHT faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha aniq tavsiyalar tayyorlash vazifasini topshirishni taklif qildi.
“Islohotlar hamkorligimizni yangi bosqichga olib chiqish, Tashkilotning xalqaro maydondagi obro‘-e’tibori va nufuzini yanada oshirishga xizmat qiladi”, - dedi prezident.