https://oz.sputniknews.uz/20250703/ozbekiston-yosh-tadqiqotchi-bagrikenglik-birdamlik-50322032.html
O‘zbekiston yosh tadqiqotchilarni bag‘rikenglik va birdamlik g‘oyalarini targ‘ib qilishga chaqirdi
O‘zbekiston yosh tadqiqotchilarni bag‘rikenglik va birdamlik g‘oyalarini targ‘ib qilishga chaqirdi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Malayziyada o‘tkazilgan ilmiy-amaliy seminarda ishtirok etdi. 03.07.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-07-03T11:21+0500
2025-07-03T11:21+0500
2025-07-03T11:21+0500
jamiyat
o‘zbekiston
malayziya
olimlar
islom dini
tadqiqot
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/07/03/50321864_0:31:1237:727_1920x0_80_0_0_8f6364861252ba0087a17df4264f8d84.jpg
TOShKENT, 3-iyul — Sputnik. O‘zbekiston yosh tadqiqotchilarni bag‘rikenglik va birdamlik g‘oyalarini keng targ‘ib qilishga chaqirdi. Bu haqda "Dunyo" AA xabar berdi.Malayziyaning Islom sivilizatsiyasi institutida O‘zbekiston tomoni bilan hamkorlikda "Donishmandlik ko‘prigi: Musulmon olamining ilm, falsafa va silsilaga qo‘shgan hissasi" nomli beshinchi ilmiy-amaliy seminar tashkil etildi. Ikki kun davom etgan seminar "Siyosiy fanlar, siyosiy falsafa va axloqiy boshqaruv" va "Matematika, astronomiya va tibbiy innovatsiyalardagi inqilobiy yangiliklar" kabi sessiyalarni o‘z ichiga oldi. Unda 50 nafarga yaqin islom dunyosi olimlari o‘zlarining 27 ta tadqiqoti bilan ishtirok etdi. O‘zbekiston elchisi Karomiddin Gadoyevning qayd etishicha, ajdodlarning boy ilmiy merosini birgalikda o‘rganish va tarixni yosh avlodlarga yetkazish Yangi O‘zbekiston va Uchinchi Renessansni qurish yo‘lidagi muhim qadamdir. Malayziyaning Islom hadlari (sivilizatsiyasi) instituti direktori Fariza Sham o‘z so‘zida mumtoz islom qo‘lozmalarida qayd etilgan nazariyalar, tamoyillar va bilimlar bugungi avlod tomonidan qaytadan kashf etilishi va chuqur o‘rganilishiga umid bildirdi. Ma’lumot uchun, islom sivilizatsiyasi olimlari boy ilmiy merosini o‘rganishga qaratilgan ushbu qo‘shma tadqiqot platformasi 2020-yilda tashkil etilgan. Uning to‘rtinchi seminari 2024-yilda Toshkentda bo‘lib o‘tgan edi.Imom Buxoriyning ilmiy safarlari xaritasi yaratiladi
https://oz.sputniknews.uz/20250205/hamkorlik-ozbekiston-malayziya-takliflar-47839868.html
o‘zbekiston
malayziya
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/07/03/50321864_113:0:1125:759_1920x0_80_0_0_40683a4d738206810487658db1ecfcbf.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, malayziya, olimlar, islom dini, tadqiqot
jamiyat, o‘zbekiston, malayziya, olimlar, islom dini, tadqiqot
O‘zbekiston yosh tadqiqotchilarni bag‘rikenglik va birdamlik g‘oyalarini targ‘ib qilishga chaqirdi
O‘zbekiston Malayziyada o‘tkazilgan ilmiy-amaliy seminarda ishtirok etdi.
TOShKENT, 3-iyul — Sputnik. O‘zbekiston yosh tadqiqotchilarni bag‘rikenglik va birdamlik g‘oyalarini keng targ‘ib qilishga chaqirdi. Bu haqda "Dunyo" AA
xabar berdi. Malayziyaning Islom sivilizatsiyasi institutida O‘zbekiston tomoni bilan hamkorlikda "Donishmandlik ko‘prigi: Musulmon olamining ilm, falsafa va silsilaga qo‘shgan hissasi" nomli beshinchi ilmiy-amaliy seminar tashkil etildi.
Ikki kun davom etgan seminar "Siyosiy fanlar, siyosiy falsafa va axloqiy boshqaruv" va "Matematika, astronomiya va tibbiy innovatsiyalardagi inqilobiy yangiliklar" kabi sessiyalarni o‘z ichiga oldi. Unda 50 nafarga yaqin islom dunyosi olimlari o‘zlarining 27 ta tadqiqoti bilan ishtirok etdi.
"O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi rektori Muzaffar Komilov yosh tadqiqotchilarni ilm orqali jamiyatda bag‘rikenglik va birdamlik g‘oyalarini keng targ‘ib qilishga va bu boradagi ikki tomonlama olimlar va tadqiqotlar almashinuvlarini kengaytirishga chaqirdi", — deyiladi xabarda.
O‘zbekiston elchisi Karomiddin Gadoyevning qayd etishicha, ajdodlarning boy ilmiy merosini birgalikda o‘rganish va tarixni yosh avlodlarga yetkazish Yangi O‘zbekiston va Uchinchi Renessansni qurish yo‘lidagi muhim qadamdir.
Malayziyaning Islom hadlari (sivilizatsiyasi) instituti direktori Fariza Sham o‘z so‘zida mumtoz islom qo‘lozmalarida qayd etilgan nazariyalar, tamoyillar va bilimlar bugungi avlod tomonidan qaytadan kashf etilishi va chuqur o‘rganilishiga umid bildirdi.
“Bu bizning intellektual merosimizni asrab-avaylash va uning musulmon ummatiga foyda keltirishda davom etishiga yordam beradi. Seminar natijalari ikki mamlakat institutlari o‘rtasida o‘zaro manfaatli tadqiqot ishlarini yaratilishiga, kitoblar va maqolalar chop etilishiga, shuningdek Malayziya va O‘zbekiston o‘rtasidagi xodimlar va talabalar almashinuvi dasturlari orqali akademik aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi”, — deya qayd etdi Fariza Sham.
Ma’lumot uchun, islom sivilizatsiyasi olimlari boy ilmiy merosini o‘rganishga qaratilgan ushbu qo‘shma tadqiqot platformasi 2020-yilda tashkil etilgan. Uning to‘rtinchi seminari 2024-yilda Toshkentda bo‘lib o‘tgan edi.