Ilmiy hamkorlik: O‘zbekiston Malayziyada qanday takliflarni ilgari surdi?

© IA "Dunyo"V Kuala-Lumpure podderjan megaproyekt Prezidenta Uzbekistana i predostavlen dostup k 100 tisacham unikalnix knig
V Kuala-Lumpure podderjan megaproyekt Prezidenta Uzbekistana i predostavlen dostup k 100 tisacham unikalnix knig - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.02.2025
Obuna bo‘lish
Ikki mamlakat vakillari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan xalqaro davra suhbatida hamkorlik qilishga kelishib olindi.
TOShKENT, 5 fev — Sputnik. O‘zbekiston Malayziyada ilmiy, ta’lim va madaniy hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan bir qator tashabbuslarni ilgari surdi, deya xabar berdi “Dunyo” AA.
Malayziya Islom san’ati muzeyida "Madaniy meros: O‘zbekiston va Malayziya o‘rtasidagi ko‘prik" mavzusidagi xalqaro davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbir ikki tomonlama madaniy aloqalarni mustahkamlash va islom sivilizatsiyasini o‘rganishda ilmiy hamkorlikni rivojlantirishga bag‘ishlangan.
Tadbirda quyidagilar ishtirok etdi:
Malayziyaning "Al-Buxoriy" jamg‘armasi;
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Islomni anglash instituti;
Islom madaniyati instituti;
Islom tafakkuri va sivilizatsiyasi xalqaro instituti;
Islom fanlari universiteti;
Xalqaro islom universiteti hamda boshqa yetakchi ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari.
Tadbirda Malayziya ilmiy jamoatchiligiga O‘zbekiston prezidentining "Malayziya islom san’ati muzeyi" kitob-albomiga yozgan so‘zboshisi taqdim etildi.
“Islom sivilizatsiyasi markazi taqdimoti bilan tanishgan davra suhbati ishtirokchilari prezidentning ushbu markazni tashkil etish tashabbusini yuqori baholadilar. Olimlar mazkur loyiha yoshlarni ma’rifatparvarlik ruhida tarbiyalash va tinchliksevar islom qadriyatlarini targ‘ib qilishda muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidladi”, — deyiladi xabarda.
Aytilishicha, tadbir doirasida maxsus deklaratsiya ham qabul qilindi.
“Bu Shavkat Mirziyoyevning Islom sivilizatsiyasi markazida xalqaro olimlar va tadqiqotchilarning ishlashi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish to‘g‘risidagi tashabbusini qo‘llab-quvvatlash maqsadida amalga oshirildi. Ushbu muhim qadam islom merosi yo‘nalishidagi yetakchi mutaxassislar bilan qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, Markaz muzeyini boyitish, shuningdek, O‘zbekiston va jahon hamjamiyati o‘rtasidagi ilmiy hamkorlikni yanada kengaytirishga qaratilgan”, — deya qayd etilgan xabarda.
Malayziyaning Xalqaro islom tafakkuri va sivilizatsiyasi instituti O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi hamda Imom Buxoriy, Imom Moturidiy va Imom Termiziy nomidagi xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari bilan o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi.
Davra suhbatining asosiy qarorlaridan biri ikki mamlakatning islom sivilizatsiyasini o‘rganishga ixtisoslashgan yetakchi tadqiqotchilari va ekspertlarini birlashtiradigan qo‘shma O‘zbekiston-Malayziya ilmiy jamiyatini tashkil etish bo‘ldi. Tashkilotga O‘zbekiston tomonidan Islom sivilizatsiyasi markazi, Malayziya tomonidan esa Islom tafakkuri va sivilizatsiyasi xalqaro instituti rahbarlik qiladi.
“Ekspertlar kengashining birinchi yig‘ilishi O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining rasmiy ochilishi arafasida bo‘lib o‘tadi”, — deyiladi xabarda.
Jamiyatning koordinatorlari etib O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Firdavs Abduxoliqov va Xalqaro islom tafakkuri va sivilizatsiyasi instituti direktori – doktor Abdulaziz Bergut saylandi.
“O‘zbekiston prezidentining islom madaniyatini asrab-avaylash va buyuk allomalar merosini o‘rganishga qo‘shgan hissasini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Malayziya tomoni o‘zbekistonlik tadqiqotchilarga 100 mingdan ortiq qo‘lozma va nodir nashrlardan elektron foydalanish imkonini beruvchi maxsus sertifikat taqdim etdi”, — deya qayd etilgan xabarda.
Malayziya Islom tafakkuri va sivilizatsiyasi xalqaro instituti kutubxonasining sertifikati va raqamli kaliti O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktoriga tantanali ravishda topshirildi.
O‘zbekiston tomoni quyidagi tashabbuslarni ilgari surdi:
Malayziya Islom tafakkuri va sivilizatsiyasi instituti hamda O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, shuningdek, Imom Buxoriy, Imom Moturidiy va Imom Termiziy nomidagi xalqaro markazlar o‘rtasida radikalizmning oldini olish bo‘yicha maxsus dastur doirasida hamkorlik aloqalarini rivojlantirish taklif etildi.
Madaniyat sohasidagi tashabbuslar Malayziya Islom san’ati muzeyida O‘zbekistonning tarixiy yodgorliklari va topilmalariga bag‘ishlangan fotoko‘rgazma tashkil etishni, shuningdek, mamlakatning tarixiy-madaniy merosi bilan tanishish maqsadida Malayziyaning diniy va ta’lim tashkilotlari vakillari, jurnalistlar va jamoat arboblari uchun O‘zbekiston bo‘ylab mediatur o‘tkazishni o‘z ichiga oladi.
Ta’lim sohasida malayziyalik olimlarni Imom Buxoriy va Imom Moturidiy nomidagi xalqaro stipendiyalar dasturlariga jalb etish, shuningdek, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi va Malayziya xalqaro islom universiteti o‘rtasida qo‘shma ta’lim dasturini ishlab chiqish, jumladan, "Visiting Professor" dasturi bo‘yicha o‘zbekistonlik o‘qituvchilarning Malayziya oliy o‘quv yurtlarida ishtirokini ta’minlash taklif qilindi.
Ilmiy sohada Malayziya Islom madaniyati instituti va Imom Buxoriy nomidagi markaz o‘rtasida musulmon olimlarining tibbiyot sohasidagi ilmiy merosini o‘rganish va qayta tiklash hamda Imom Buxoriy merosini tadqiq etish taklif etildi.
Bundan tashqari, ma’naviy-ma’rifiy aloqalarni mustahkamlash maqsadida malayziyaliklarga O‘zbekistondagi Imom Buxoriy, Imom Termiziy va Bahouddin Naqshband bilan bog‘liq muqaddas qadamjolarni ziyorat qilish imkonini beruvchi "Umra plyus" maxsus ziyorat dasturini ishga tushirish taklif etildi.
 Agentstva po borbe s korrupsiyey Uzbekistana i Malayzii podpisali plan deystviy na 2025-2026 godi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.02.2025
O‘zbekiston va Malayziya “halollik tekshiruvi” loyihasini ishga tushiradi — tafsilotlar
Yangiliklar lentasi
0