Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

Sankt-Peterburg birjasi BRIKS, YeOII va yaqin Sharq o‘rtasida infratuzilma yaratmoqda

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishMoskovskaya birja
Moskovskaya birja - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.07.2025
Obuna bo‘lish
Xitoy, Hindiston, Eron, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Belarus va Rossiya o‘rtasida Tovar birjasi assotsiatsiyasini tashkil etish to‘g‘risida bitim imzolandi.
TOShKENT, 1-iyul — Sputnik. Sankt-Peterburg birjasi BRIKS, YeOII va Yaqin Sharq mamlakatlari o‘rtasida birja savdosi uchun infratuzilma yaratmoqda. Bu haqda birja rahbari Igor Artemev RIA Novostiga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida 7 ta tovar va fyucher birjalari o‘rtasida Tovar birjasi assotsiatsiyasini tashkil etish to‘g‘risidagi bitim imzolanganidan so‘ng ushbu birja ko‘priklarini amaliy shakllantirishga kirishiladi.
Hujjatni Xitoy, Hindiston, Eron, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Belarus va Rossiya birjalari imzoladi. Kelishuvga yana yetti-sakkizta birja qo‘shilishi kutilmoqda.
“Bizda ikkita asosiy yo‘nalish bor. Birinchisi - tovar oldi-sotdisi, o‘zaro eksport-import operatsiyalari. Biz brokerlar almashinuvi dasturini ham ishlab chiqamiz. Shu tariqa biz barqaror texnologik aloqa kanallarini, o‘zaro savdo uchun yagona protokollarni ta’minlayapmiz. Biz Hindiston, Xitoy va Eron bilan ham shuni rejalashtirmoqdamiz. Rossiyalik brokerlar ularning birjalarida, boshqa mamlakatlarning savdo agentlari esa bizning birjalarimizda ro‘yxatdan o‘tishlari va operatsiyalarni amalga oshirishlari mumkin bo‘ladi”, — dedi u.
Ikkinchi yo‘nalish - xalqaro narxlar agentligini tashkil etish. Agar BRIKSga a’zo mamlakatlar birjada savdo qilishni boshlasa, eksport-import operatsiyalarini amalga oshirish natijasida muqarrar ravishda narx indekslari paydo bo‘ladi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hozir YeOII doirasida yagona emas, balki umumiy energiya resurslari bozorlari rivojlanmoqda.
“Bozorlarni tartibga solish bo‘yicha umumiy yondashuvlarni belgilash, qonunchilikni unifikatsiya qilish orqali mamlakatlarimiz qonunchiligini uyg‘unlashtirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Yagona bozorlarni shakllantirish rivojlanishning keyingi bosqichi bo‘lishi mumkin. Biz neft va neft mahsulotlarining umumiy bozorlarida birja savdolarini tartibga soluvchi hujjatlarni tayyorlashda ishtirok etamiz. Birja infratuzilmasi neft va neft mahsulotlarining umumiy bozorlarida birja savdolarini o‘tkazishga tayyor”, — dedi u.
Aytilishicha, ushbu mexanizmga Belarus va Qozog‘iston birjalari qiziqish bildirmoqda.
Moskovskaya birja - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.06.2025
O‘zbekiston va YeOII
YeOII birja savdolarini rivojlantirish dasturini tayyorlamoqda
Yangiliklar lentasi
0