https://oz.sputniknews.uz/20250617/eoii-birja-savdo-rivoj-dastur-49964061.html
YeOII birja savdolarini rivojlantirish dasturini tayyorlamoqda
YeOII birja savdolarini rivojlantirish dasturini tayyorlamoqda
Sputnik O‘zbekiston
Dasturni amalga oshirish a’zo davlatlarning birja savdosi qoidalarini birxillashtirish, to‘siq va cheklovlarni bartaraf etishni talab qiladi. 17.06.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-06-17T11:00+0500
2025-06-17T11:00+0500
2025-06-17T11:00+0500
o‘zbekiston va yeoii
iqtisod
yeoii
yeik
birja
savdo
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/1f/27647746_0:0:3151:1772_1920x0_80_0_0_5b89de4c6f8ac3b59432bb568b41a828.jpg
TOShKENT, 17-iyun — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) doirasida tovarlarning umumiy birja bozorini yaratish "beshlik" mamlakatlarida iqtisodiy hamkorlik darajasini oshiradi. Bu haqda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) raqobat va monopoliyaga qarshi kurashish vaziri Maksim Yermolovich ma’lum qildi, deb yozmoqda komissiya matbuot xizmati. Yermolovich Xalqaro birjalar assotsiatsiyasining MDH, Yevropa, Osiyo, Lotin Amerikasi va Afrika mamlakatlari birjalari vakillari ishtirokidagi umumiy yillik yig‘ilishida nutq so‘zladi. Gap birja savdosini rivojlantirish hamda ShHT mamlakatlari Birjalararo ittifoqini tashkil etish tashabbusi haqida bordi. YeIK vaziri YeOII doirasida tovarlarning umumiy birja (uyushgan) bozorida birja savdolarini rivojlantirish dasturi tayyorlanayotganini ma’lum qildi. Komissiya raqobatni rivojlantirish va narxlarni shakllantirish samaradorligini oshirish nuqtayi nazaridan Ittifoq tovarlarining umumiy birja bozorini yaratishga katta ahamiyat beradi, deya qo‘shimcha qildi matbuot xizmati. Xalqaro birjalar assotsiatsiyasi (XBA) 2000-yilda Moskvada tashkil etilgan bo‘lib, u xalqaro standartlarga muvofiq tashkil etilgan moliya va tovar bozorlarini rivojlantirish bo‘yicha sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirish uchun mo‘ljallangan. XAB tarkibiga MDHning to‘qqizta mamlakatidan, shu jumladan, YeOII davlatlaridan 16 ta yetakchi moliya va tovar birjalari kiradi.
https://oz.sputniknews.uz/20241203/eoii-davlatlar-birja-makon-46935757.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/1f/27647746_69:0:2613:1908_1920x0_80_0_0_8ae50a4f885092df4ab3dc7b348c0d06.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, yeoii, yeik, birja, savdo
iqtisod, yeoii, yeik, birja, savdo
YeOII birja savdolarini rivojlantirish dasturini tayyorlamoqda
Dasturni amalga oshirish a’zo davlatlarning birja savdosi qoidalarini birxillashtirish, to‘siq va cheklovlarni bartaraf etishni talab qiladi.
TOShKENT, 17-iyun — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) doirasida tovarlarning umumiy birja bozorini yaratish "beshlik" mamlakatlarida iqtisodiy hamkorlik darajasini oshiradi. Bu haqda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) raqobat va monopoliyaga qarshi kurashish vaziri Maksim Yermolovich ma’lum qildi, deb yozmoqda komissiya matbuot xizmati.
Yermolovich Xalqaro birjalar assotsiatsiyasining MDH, Yevropa, Osiyo, Lotin Amerikasi va Afrika mamlakatlari birjalari vakillari ishtirokidagi umumiy yillik yig‘ilishida nutq so‘zladi. Gap birja savdosini rivojlantirish hamda ShHT mamlakatlari Birjalararo ittifoqini tashkil etish tashabbusi haqida bordi.
YeIK vaziri YeOII doirasida tovarlarning umumiy birja (uyushgan) bozorida birja savdolarini rivojlantirish dasturi tayyorlanayotganini ma’lum qildi.
"Dasturni amalga oshirish a’zo davlatlarning meyoriy-huquqiy bazasini uyg‘unlashtirish, birja savdosi qoidalarini birxillashtirish, to‘siq va cheklovlarni bartaraf etish, birja infratuzilmasini rivojlantirishni talab qiladi", — dedi u.
Komissiya raqobatni rivojlantirish va narxlarni shakllantirish samaradorligini oshirish nuqtayi nazaridan Ittifoq tovarlarining umumiy birja bozorini yaratishga katta ahamiyat beradi, deya qo‘shimcha qildi matbuot xizmati.
Xalqaro birjalar assotsiatsiyasi (XBA) 2000-yilda Moskvada tashkil etilgan bo‘lib, u xalqaro standartlarga muvofiq tashkil etilgan moliya va tovar bozorlarini rivojlantirish bo‘yicha sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirish uchun mo‘ljallangan. XAB tarkibiga MDHning to‘qqizta mamlakatidan, shu jumladan, YeOII davlatlaridan 16 ta yetakchi moliya va tovar birjalari kiradi.