https://oz.sputniknews.uz/20250630/ozbekiston-karachi-port-ombor-logistika-markaz-50259247.html
O‘zbekiston Karachi portida ombor va logistika markazi tashkil etishi mumkin
O‘zbekiston Karachi portida ombor va logistika markazi tashkil etishi mumkin
Sputnik O‘zbekiston
Aytilishicha, ombor ochilishi mamlakatning xalqaro bozorlarga chiqishini jadallashtiradi. 30.06.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-06-30T11:12+0500
2025-06-30T11:12+0500
2025-06-30T12:32+0500
jamiyat
o‘zbekiston
pokiston
savdo
savdo-sanoat palatasi
elchi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0b/1b/41269096_0:89:3482:2048_1920x0_80_0_0_b179433844e3173690e4d5088bac19de.jpg
TOShKENT, 30-iyun — Sputnik. O‘zbekiston Pokistonning Karachi port hududida zamonaviy saqlash ombori va logistika markazi tashkil etishni reja qilmoqda. Bu haqda "Dunyo" AA xabar berdi. O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi rahbariyati va mamlakat elchisi Alisher To‘xtayev Karachi porti ma’muriyati bilan uchrashdi. Muzokaralarda quyidagi aloqalarni o‘rnatish muhokama etildi: Savdo-sanoat palatasiga ko‘ra, O‘zbekiston tovarlari uchun port hududida maxsus ombor tashkil etish mahsulotlarni vaqtincha saqlash va jo‘natishni yengillashtiradi. Tranzit jarayonlarini soddalashtiradi, logistika xarajatlarini kamaytiradi, shuningdek, xalqaro bozorlarga chiqishni jadallashtiradi. Aytilishicha, port ma’muriyati O‘zbekiston tomoniga barcha sharoitlar yaratib beradi. Shuningdek, maqbul shartlar asosida saqlash omborxonalarini taqdim etishga tayyor. Ma’lumot uchun, Karachi porti Pokistonning eng yirik dengiz porti va Janubiy Osiyodagi asosiy logistika markazi hisoblanadi.
https://oz.sputniknews.uz/20250106/ozbekiston-pokiston-savdo-uyi-madaniy-markaz-47450738.html
o‘zbekiston
pokiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0b/1b/41269096_8:0:2739:2048_1920x0_80_0_0_eca3583462585a13e72eb1d9e9bc75b8.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, pokiston, savdo, savdo-sanoat palatasi, elchi
jamiyat, o‘zbekiston, pokiston, savdo, savdo-sanoat palatasi, elchi
O‘zbekiston Karachi portida ombor va logistika markazi tashkil etishi mumkin
11:12 30.06.2025 (yangilandi: 12:32 30.06.2025) Aytilishicha, ombor ochilishi mamlakatning xalqaro bozorlarga chiqishini jadallashtiradi.
TOShKENT, 30-iyun — Sputnik. O‘zbekiston Pokistonning Karachi port hududida zamonaviy saqlash ombori va logistika markazi tashkil etishni reja qilmoqda. Bu haqda "Dunyo" AA
xabar berdi. O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi rahbariyati va mamlakat elchisi Alisher To‘xtayev Karachi porti ma’muriyati bilan uchrashdi.
Muzokaralarda quyidagi aloqalarni o‘rnatish muhokama etildi:
Karachi porti orqali yuk aylanmasini ko‘paytirish;
tranzit tartiblarini soddalashtirish va o‘zaro logistika aloqalarini yo‘lga qo‘yish;
mintaqaviy bog‘liqlikni kuchaytirish;
yuk tashish, logistika va dengiz turizmi sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish;
dengiz iqtisodiyoti yo‘nalishidagi hamkorlikni diversifikatsiya qilish.
“O‘zbekiston delegatsiyasi vakillari Karachi portidagi yirik infratuzilma obyektlari, jumladan, "South Asia Pakistan Terminals Limited" kompaniyasi faoliyati bilan tanishdi. O‘zbekiston tomoni Karachi port hududida zamonaviy saqlash ombori va logistika markazi tashkil etishga qiziqish bildirdi”, — deyiladi xabarda.
Savdo-sanoat palatasiga ko‘ra, O‘zbekiston tovarlari uchun port hududida maxsus ombor tashkil etish mahsulotlarni vaqtincha saqlash va jo‘natishni yengillashtiradi. Tranzit jarayonlarini soddalashtiradi, logistika xarajatlarini kamaytiradi, shuningdek, xalqaro bozorlarga chiqishni jadallashtiradi.
Aytilishicha, port ma’muriyati O‘zbekiston tomoniga barcha sharoitlar yaratib beradi. Shuningdek, maqbul shartlar asosida saqlash omborxonalarini taqdim etishga tayyor.
Ma’lumot uchun, Karachi porti Pokistonning eng yirik dengiz porti va Janubiy Osiyodagi asosiy logistika markazi hisoblanadi.