O‘zbekistonda 40 yoshgacha bo‘lgan rahbarlar ulushi 65 foizga oshdi
© Sherzod Asadov/TelegramShavkat Mirziyoyev pozdravil molodoe pokolenie uzbekistansev s Dnem molodeji.

© Sherzod Asadov/Telegram
Obuna bo‘lish
Mirziyoyev O‘zbekiston yoshlarini Yoshlar kuni bilan tabrikladi.
TOShKENT, 30-iyun — Sputnik. O‘zbekistonda 40 yoshgacha bo‘lgan rahbarlar ulushi 37 foizdan 65 foizga oshdi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan uchrashuvi chog‘ida ma’lum qilindi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot kotibi Sherzod Asadov o‘zining Telegram-kanalida.
Davlat rahbari butun O‘zbekiston yoshlarini qutlug‘ ayyom – Yoshlar kuni bilan samimiy muborakbod etdi.
Qayd etilishicha, so‘nggi 7 yilda boshqaruv kadrlari tarkibi ancha yosharib, 40 yoshgacha bo‘lgan rahbarlar ulushi 37 foizdan 65 foizga oshdi.
© Sherzod Asadov/TelegramShavkat Mirziyoyev pozdravil molodoe pokolenie uzbekistansev s Dnem molodeji.

Shavkat Mirziyoyev pozdravil molodoe pokolenie uzbekistansev s Dnem molodeji.
© Sherzod Asadov/Telegram
“Biz Yangi O‘zbekistonda “xalq xizmatidagi davlat” tamoyilini ro‘yobga chiqarishda siz kabi iqtidorli, jonkuyar va yetakchilik qobiliyatiga ega o‘g‘il-qizlarimizga tayanamiz. Shu bois o‘tgan oyda istiqbolli kadrlar tayyorlash va ularni davlat boshqaruviga jalb etish bo‘yicha muhim farmonni imzoladim. Endi Davlat boshqaruvi akademiyasida “Kelajak liderlari” dasturi bo‘yicha har yili 100 nafar salohiyatli yoshlar o‘qitiladi”, — dedi prezident.
Bu yoshlar vazir va hokimlarga biriktiriladi, 2 oy ularning yonida yurib, tajriba orttiradi. Bir oyga xorijiy stajirovkaga yuboriladi.
Dasturni tamomlagan yoshlar rahbarlik lavozimlariga asosiy nomzod bo‘ladi.
Aytilishicha, Bandlik vazirligi Savdo-sanoat palatasi Milliy bank bilan birga oliygoh, texnikum, kasbiy ta’lim bitiruvchilarini ish beruvchilar bilan bog‘laydigan platformani ishga tushiradi. Bandlik, Maktab, Oliy ta’lim vazirliklari “Harakatda daromad” elektron tizimini yaratib, ta’tildagi 3 million yoshlarni malaka talab qilmaydigan ishlar bilan band qiladi.
Har yili yuqori sinf o‘quvchilarini kasb tanlashga qiziqtirish va ko‘maklashish maqsadida “Mening kasbim” respublika tanlovi o‘tkaziladi.
© Sherzod Asadov/TelegramShavkat Mirziyoyev pozdravil molodoe pokolenie uzbekistansev s Dnem molodeji.

Shavkat Mirziyoyev pozdravil molodoe pokolenie uzbekistansev s Dnem molodeji.
© Sherzod Asadov/Telegram
Quyidagilar ma’lum qilindi:
Hozir tog‘-kon, agrosanoat, to‘qimachilik, kimyo, elektrotexnika, qurilish materiallari sohasida 1 million yoshlar mehnat qilmoqda.
Endi sanoat, servis, tadbirkorlik va qishloq xo‘jaligida band yoshlarning kasbiy rivojlanishi bo‘yicha ham tizim yaratiladi.
Har bir kasb yo‘nalishi bo‘yicha aynan yoshlar o‘rtasida respublika musobaqalari o‘tkaziladi. Bunda davlat korxonalari va xususiy sektor vakillari tengma-teng ishtirok etadi.
Tarmoq rahbarlari har yili o‘z tizimidagi 100 nafar yoshni seleksiya qilib, xorijiy stajirovkaga yuborishni yo‘lga qo‘yadi. Buning uchun, har bir tarmoq 10 milliard so‘mdan ajratadi. Bu mablag‘lar soliq solish bazasidan chegirib tashlanadi.
Startaplarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tizim yaratildi. Ularni moliyalashtirishga 145 million dollar venchur sarmoya kiritildi. Prezident bu raqam 1 milliard dollarga yetkazilishini aytdi.
O‘quvchilar uchun “mohirlik va biznes soati” kiritilib, ularning g‘oyasini startapga aylantirishga 100 milliard so‘m grant ajratiladi.
Oliygohlar o‘rtasida ham startaplar bo‘yicha har yili “Eng yaxshi kreativ g‘oya” tanlovi o‘tkazilib, g‘oliblarga oliygoh jamg‘armasidan 300 million so‘mgacha grant beriladi.
Startapni prototipga aylantirish va sinovdan o‘tkazish uchun Innovatsiya agentligi va IT-park “RnD” markazini ochadi.
Har yili investorlar, yirik korxona va startap tashabbuskorlari ishtirokida “Startap-ekspo” ko‘rgazmasi o‘tkazib boriladi.
Aytilishicha, hozir maktablarda 19 ming 500 nafar informatika o‘qituvchisi bor. Har bir viloyatdan 100 nafar informatika o‘qituvchisi joriy yilda Yangi O‘zbekiston universitetida ushbu dasturga o‘qitiladi. Bu orqali 5-yilda barcha maktab bitiruvchilari sun’iy intellekt bo‘yicha yetarli bilim oladi.
Bu yil kamida 50 ming nafar qizlar “Raqamli avlod qizlari” loyihasi bilan qamrab olinadi.