https://oz.sputniknews.uz/20250627/oliy-malumotga-ega-bolmagan-xotin-qizlar-uchun-2000-ta-davlat-granti-ajratildi-50208532.html
Oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan xotin-qizlar uchun 2000 ta davlat granti ajratildi
Oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan xotin-qizlar uchun 2000 ta davlat granti ajratildi
Sputnik O‘zbekiston
Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi Bilim va malakalarni baholash agentligiga 18 mingdan ortiq xotin-qizlar uchun tavsiyanomalar yubordi. 27.06.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-06-27T14:24+0500
2025-06-27T14:24+0500
2025-06-27T14:24+0500
o‘zbekiston
xotin-qizlar
oliy ta’lim muassasalari
davlat
oila
xotin-qizlar va oila ishlari qo‘mitasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0b/0c/46570609_0:48:967:591_1920x0_80_0_0_23f4818aac2874b80df6c48a14d2e74a.jpg
TOShKENT, 27-iyun — Sputnik. Oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan xotin-qizlar uchun 2000 ta davlat granti ajratildi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi bo‘lim boshlig‘i Rahima Mirxoliqova ma’lum qildi.Ma’lumki, O‘zbekistonda mutaxassisligi bo‘yicha kamida besh yil mehnat stajiga ega bo‘lgan, shuningdek, ehtiyojmand oilalardan bo‘lgan xotin-qizlar uchun alohida qabul kvotalari doirasida oliy ta’lim olish imkoniyatlari yaratilgan.Ushbu imtiyozlardan foydalanish uchun talabgorlar Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan beriladigan tavsiyanomaga ega bo‘lishi kerak. Mutaxassisligi bo‘yicha kamida besh yil mehnat stajiga ega bo‘lgan xotin-qizlarni davlat OTMlariga o‘qishga qabul qilish doirasida 4086 nafar talabgorlarning arizalari qabul qilindi va ulardan 3856 nafariga tavsiyanomalar berildi.Shuningdek, ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga OTMlarga qo‘shimcha davlat granti asosida tanlovda ishtirok etish uchun 20516 nafar talabgorlarning arizalari qabul qilindi va ulardan 14099 nafariga tavsiyanomalar berildi.Tavsiyanoma berilgan xotin-qizlarning ro‘yxatlari Bilim va malakalarni baholash agentligiga taqdim etildi.
https://oz.sputniknews.uz/20250130/xotin-qizlar-pillachilik-oquv-kurslari-47767316.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0b/0c/46570609_57:0:909:639_1920x0_80_0_0_dc6c24ee1e0cd2bbdf01adafe8bb570d.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston, xotin-qizlar, oliy ta’lim muassasalari, davlat, oila, xotin-qizlar va oila ishlari qo‘mitasi
o‘zbekiston, xotin-qizlar, oliy ta’lim muassasalari, davlat, oila, xotin-qizlar va oila ishlari qo‘mitasi
Oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan xotin-qizlar uchun 2000 ta davlat granti ajratildi
Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi Bilim va malakalarni baholash agentligiga 18 mingdan ortiq xotin-qizlar uchun tavsiyanomalar yubordi.
TOShKENT, 27-iyun — Sputnik. Oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan xotin-qizlar uchun 2000 ta davlat granti ajratildi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi bo‘lim boshlig‘i Rahima Mirxoliqova ma’lum qildi.
"2025/2026 o‘quv yili uchun 2 000 ta davlat granti taqsimoti davlat komissiyasiga taqdim etildi. Ushbu grantlardan 402 tasi aniq va tabiiy fanlar yo‘nalishiga, 81 tasi texnika fanlari yo‘nalishiga, 524 tasi tibbiyot fanlari yo‘nalishiga, 993 tasi boshqa yo‘nalishlarga taqsimlandi", - deyiladi xabarda.
Ma’lumki, O‘zbekistonda mutaxassisligi bo‘yicha kamida besh yil mehnat stajiga ega bo‘lgan, shuningdek, ehtiyojmand oilalardan bo‘lgan xotin-qizlar uchun alohida qabul kvotalari doirasida oliy ta’lim olish imkoniyatlari yaratilgan.
Ushbu imtiyozlardan foydalanish uchun talabgorlar Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan beriladigan tavsiyanomaga ega bo‘lishi kerak.
Mutaxassisligi bo‘yicha kamida besh yil mehnat stajiga ega bo‘lgan xotin-qizlarni davlat OTMlariga o‘qishga qabul qilish doirasida 4086 nafar talabgorlarning arizalari qabul qilindi va ulardan 3856 nafariga tavsiyanomalar berildi.
Shuningdek, ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga OTMlarga qo‘shimcha davlat granti asosida tanlovda ishtirok etish uchun 20516 nafar talabgorlarning arizalari qabul qilindi va ulardan 14099 nafariga tavsiyanomalar berildi.
Tavsiyanoma berilgan xotin-qizlarning ro‘yxatlari Bilim va malakalarni baholash agentligiga taqdim etildi.