Malayziya Qashqadaryoda "halol" mahsulotlar ishlab chiqarish loyihasini boshlamoqchi

© Depositphotos / BelchonockKurinoe file na polkax v magazine
Kurinoe file na polkax v magazine - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.06.2025
Obuna bo‘lish
Malayziya kompaniyasi O‘zbekistonni mintaqaviy "halol" markaziga aylantirish va unga sarmoya kiritishni ma’lum qildi.
TOShKENT, 30-iyun — Sputnik. Malayziya Qashqadaryo viloyatida "halol" oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish loyihasini amalga oshiradi, deya xabar berdi "Dunyo" AA.
O‘zbekiston elchisi Karomiddin Gadoyev Malayziyaning "CB Synergy" kompaniyasi bosh direktori Shaxzeli bin Shaxzulkarib va "Perak Halal Corporation" kompaniyasi boshqaruv direktori Abdul Aziz Abdul Rahim bilan uchrashdi.
Muloqotda Qashqadaryo viloyatida "halol" oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish masalasi muhokama qilindi.
“Malayziya tomoni mamlakatimizda "halol" standartlari asosida go‘sht mahsulotlarini qayta ishlash loyihasini amalga oshirish maqsadida "CB Synergy", "Perak Halal Corporation Sdn Bhd" va "PK-Agro Industrial Products Sdn Bhd." kompaniyalari ishtirokida konsorsium tuzish bo‘yicha kelishuv ishlab chiqilayotganini ma’lum qildi”, — deyiladi xabarda.
"Perak Halal Corporation" kompaniyasi tomonidan tashkil etilayotgan mazkur qo‘shma korxona quyidagilarga tayyorligini bildirdi:
Qashqadaryo viloyatida keng qamrovli "halol" sanoatini rivojlantirish;
maxsus treninglar tashkil etish orqali sohada bilim va texnologiyalarni o‘rgatish;
O‘zbekistonni mintaqaviy "halol" markaziga aylantirish va unga sarmoya kiritish.
Abdul Aziz Abdul Rahim konsorsium Qashqadaryo viloyati hokimligi bilan birgalikda davlat-xususiy sherikchilik asosida viloyatda "halol" sanoatini rivojlantirish va ekotizimini yaratish bo‘yicha kelishuv imzolashini ma’lum qildi.
Malayziya tomoni Malayziya Islom taraqqiyoti departamentining "Halol" sertifikatlarini O‘zbekistonning o‘zida berilishini tashkil etishda o‘z hissasini qo‘shish niyatini bildirdi.
Otkritie pilotnogo proyekta po ustanovke mobilnoy GES na kanale OChK-1 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.06.2025
Malayziya kompaniyasi Qashqadaryoda GES qurish loyihasida ishtirok etadi — tafsilotlar
Yangiliklar lentasi
0