Malayziya kompaniyasi Qashqadaryoda GES qurish loyihasida ishtirok etadi — tafsilotlar

© FOTO press-slujba kabineta ministrov KROtkritie pilotnogo proyekta po ustanovke mobilnoy GES na kanale OChK-1
Otkritie pilotnogo proyekta po ustanovke mobilnoy GES na kanale OChK-1 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.06.2025
Obuna bo‘lish
Malayziya kompaniyasi Qashqadaryo viloyatida GES qurishga sarmoya kiritish imkoniyatlarini o‘rgandi.
TOShKENT, 8-iyun — Sputnik. Malayziya kompaniyasi Qashqadaryo viloyatida gidroelektr stansiyalarini (GES) qurish loyihasida ishtirok etmoqchi, deya xabar berdi "Dunyo" AA.
Malayziyaning "Nexus Green Resources Sdn Bhd" kompaniyasi bosh ijrochi direktori boshchiligidagi delegatsiya Qashqadaryo viloyatida GES qurishga sarmoya kiritish imkoniyatlarini o‘rgandi.
“Qashqadaryo viloyati hokimi Murodjon Azimov bilan uchrashuda Malayziya vakillari viloyatda mavjud daryo va kanallarda suv oqimidan oqilona foydalangan holda GESlarni qurish loyihasini mahalliy hamkorlar bilan birga amalga oshirishga tayyorligini bildirdi”, — deyiladi xabarda.
Shuningdek, "Nexus Green Resources Sdn Bhd" va Xitoyning "Zhejiang Jinlun Electromechanic Co., Ltd." kompaniyalari mutaxassislaridan iborat jamoa viloyatda joylashgan daryo va kanallarini borib ko‘rdi. Ularda kichik GESlarni joylashtirishning texnik imkoniyatlari va samaradorlik ko‘rsatkichlarini o‘rgandi.
Aytilishicha, Malayziya kompaniyasi Energetika vazirligi va Qashqadaryo viloyati hokimligi o‘rtasida dastlabki shartlarni belgilash to‘g‘risidagi bitimni imzolashni rejalashtirmoqda.
Uzbekistan Malayziya flagi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.06.2025
Malayziyaning eng yirik ko‘chmas mulk kompaniyasi O‘zbekistonga investitsiya kiritmoqchi
Yangiliklar lentasi
0