https://oz.sputniknews.uz/20250629/rossiya-vaqt-devor-3d-texnologiya-50248767.html
Rossiya kompaniyasi Islom sivilizatsiyasi markazidagi “Vaqt devori” uchun loyiha ishlab chiqdi
Rossiya kompaniyasi Islom sivilizatsiyasi markazidagi “Vaqt devori” uchun loyiha ishlab chiqdi
Sputnik O‘zbekiston
“Vaqt devori” islomdan avvalgi davrlardan boshlab temuriylar, boburiylar sulolalarigacha bo‘lgan davrlarni qamrab oladi. 29.06.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-06-29T14:23+0500
2025-06-29T14:23+0500
2025-06-29T14:23+0500
jamiyat
o‘zbekiston
rossiya
islom sivilizatsiyasi markazi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/01/1e/47750542_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_25fd6179615997fcc407a34baad23dec.jpg
TOShKENT, 29-iyun — Sputnik. Rossiya kompaniyasi Islom sivilizatsiyasi markazida joy olgan “Vaqt devori”dagi ekspozitsiyalarni 3D texnologiya orqali namoyish etishga yordam beradi. Bu haqda markaz matbuot xizmati xabar berdi.Markazda “Islomdan avvalgi davr” bo‘limi ekspozitsiyasini takomillashtirishga bag‘ishlangan muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda Rossiyaning “Planet 9” dizayn kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.Kompaniya vakillari Markaz tomonidan taqdim etilgan kontentlar asosida ekspozitsiyani tizimlashtirish, dizayn va joylashtirish bo‘yicha ishlab chiqqan loyihani taqdim etishdi. Markaz katta ilmiy xodimi Obid Tangirov ta’kidlashicha, dunyoning yirik muzeylaridan tajribali mutaxassis jalb etilgani va “Planet 9” dizayn kompaniyasi bilan olib borilayotgan hamkorlik ishlarining sifatli va professional tarzda amalga oshirilishiga xizmat qilmoqda.Qayd etilishicha, “Vaqt devori” islomdan avvalgi davrlardan boshlab temuriylar, boburiylar sulolalarigacha bo‘lgan davrlarni qamrab oladi. Xronologik tartibda tuziladigan mazkur loyihadagi ekspozitsiyalar zamonaviy miniatura, 3D grafika va interaktiv texnologiyalar orqali namoyon etiladi.
https://oz.sputniknews.uz/20250522/islom-sivilizatsiya-markaz-miniatyura-49493160.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/01/1e/47750542_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_f6cc8f182fadbaf0c93e9ca4e8f6c7d2.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, rossiya, islom sivilizatsiyasi markazi
jamiyat, o‘zbekiston, rossiya, islom sivilizatsiyasi markazi
Rossiya kompaniyasi Islom sivilizatsiyasi markazidagi “Vaqt devori” uchun loyiha ishlab chiqdi
“Vaqt devori” islomdan avvalgi davrlardan boshlab temuriylar, boburiylar sulolalarigacha bo‘lgan davrlarni qamrab oladi.
TOShKENT, 29-iyun — Sputnik. Rossiya kompaniyasi Islom sivilizatsiyasi markazida joy olgan “Vaqt devori”dagi ekspozitsiyalarni 3D texnologiya orqali namoyish etishga yordam beradi. Bu haqda markaz matbuot xizmati
xabar berdi. Markazda “Islomdan avvalgi davr” bo‘limi ekspozitsiyasini takomillashtirishga bag‘ishlangan muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda Rossiyaning “Planet 9” dizayn kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Kompaniya vakillari Markaz tomonidan taqdim etilgan kontentlar asosida ekspozitsiyani tizimlashtirish, dizayn va joylashtirish bo‘yicha ishlab chiqqan loyihani taqdim etishdi.
"Taqdimot davomida “Vaqt devori”da aks ettirilishi rejalashtirilgan eksponatlardan foydalanish imkoniyatlari, shuningdek, qadimgi xaritalar masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi. Turli manbalar, onlayn platformalar va dasturlar asosida xaritalar bo‘yicha yangi kontentlar ishlab chiqish hamda ekspozitsiyani yanada boyitish bo‘yicha takliflar ilgari surildi", — deyiladi xabarda.
Markaz katta ilmiy xodimi Obid Tangirov ta’kidlashicha, dunyoning yirik muzeylaridan tajribali mutaxassis jalb etilgani va “Planet 9” dizayn kompaniyasi bilan olib borilayotgan hamkorlik ishlarining sifatli va professional tarzda amalga oshirilishiga xizmat qilmoqda.
Qayd etilishicha, “Vaqt devori” islomdan avvalgi davrlardan boshlab temuriylar, boburiylar sulolalarigacha bo‘lgan davrlarni qamrab oladi. Xronologik tartibda tuziladigan mazkur loyihadagi ekspozitsiyalar zamonaviy miniatura, 3D grafika va interaktiv texnologiyalar orqali namoyon etiladi.