https://oz.sputniknews.uz/20250522/islom-sivilizatsiya-markaz-miniatyura-49493160.html
Islom sivilizatsiyasi markazidagi "Vaqt devori"ga 20 taga yaqin miniatura chiziladi
Islom sivilizatsiyasi markazidagi "Vaqt devori"ga 20 taga yaqin miniatura chiziladi
Sputnik O‘zbekiston
Devoriy suratni chizishda 100 ga yaqin rassom ishtirok etadi. 22.05.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-05-22T15:16+0500
2025-05-22T15:16+0500
2025-05-22T16:05+0500
jamiyat
o‘zbekiston
madaniyat
islom sivilizatsiyasi markazi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/02/0d/32215766_0:0:753:424_1920x0_80_0_0_46604e8b1015d398c078b91f8aa513d5.jpg
TOShKENT, 22-may — Sputnik. Islom sivilizatsiyasi markazidagi "Vaqt devori"ga 20 taga yaqin miniatura chiziladi, deya xabar berdi markaz matbuot xizmati. Qayd etilishicha, miniaturalar Ikkinchi Renessans davri ekspozitsiyalarining “Sivilizatsiyalar va kashfiyotlar devori”dan o‘rin oladi. Uning qayd etishicha, deyarli ikki oy davomida miniaturalardan iborat devor eskizi yaratildi. Unda Hirot Buxoro, Samarqand va hind miniatura maktablari asosida ishlangan miniaturalar saralab olingan. Aytilishicha, devoriy suratni chizishda 100 nafarga yaqin rassom ishtirok etadi.Ma’lumot uchun, mumtoz miniatura maktablari ichida Buxoro va Samarqand maktablari alohida o‘rin egallaydi. Asarlarda kompozitsion qurilish, arxitektura, odamlar, jonivorlar talqini o‘ziga xos uslubda ishlangan. “Miniatura san’ati” "UNESCO"ning nomoddiy madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20250420/rossiya-kompaniya-islom-tsivilizatsiya-markaz-audiogid-48967656.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/02/0d/32215766_0:0:753:566_1920x0_80_0_0_754f740aef1eea855e5b834d27e43896.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, madaniyat, islom sivilizatsiyasi markazi
jamiyat, o‘zbekiston, madaniyat, islom sivilizatsiyasi markazi
Islom sivilizatsiyasi markazidagi "Vaqt devori"ga 20 taga yaqin miniatura chiziladi
15:16 22.05.2025 (yangilandi: 16:05 22.05.2025) Devoriy suratni chizishda 100 ga yaqin rassom ishtirok etadi.
TOShKENT, 22-may — Sputnik. Islom sivilizatsiyasi markazidagi "Vaqt devori"ga 20 taga yaqin miniatura chiziladi, deya xabar berdi markaz
matbuot xizmati. Qayd etilishicha, miniaturalar Ikkinchi Renessans davri ekspozitsiyalarining “Sivilizatsiyalar va kashfiyotlar devori”dan o‘rin oladi.
“Miniaturalar joylashtiriladigan devorning uzunligi 57 metr, bo‘yi bir metrli ganchkor bezak bilan hisoblaganda 5 metrni tashkil qiladi. Devor bo‘ylab jami 16-18 ta miniatura o‘rin olib, qo‘sh sahifalarni hisoblaganda 21 ta miniaturani o‘z ichiga oladi”, — deydi san’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori Behzod Xojimetov.
Uning qayd etishicha, deyarli ikki oy davomida miniaturalardan iborat devor eskizi yaratildi. Unda Hirot Buxoro, Samarqand va hind miniatura maktablari asosida ishlangan miniaturalar saralab olingan.
“50 taga yaqin miniaturalar orasida Sheroz, Isfahon, Tabriz miniatura maktablari uslubida ishlanganlari ham bor edi, ammo o‘zimizning allomalar, tarixiy voqeliklar aks etgan rasmlar tanlab olindi. Bundan tashqari ov, jang kabi manzaralardan voz kechildi. Sababi devoriy suratlar konsepsiyasi birinchi o‘rinda sivilizatsiyalar, shaxslar hamda kashfiyotlar mavzularini o‘z ichiga oladi”, — deya aniqlik kiritdi Xojimetov.
Aytilishicha, devoriy suratni chizishda 100 nafarga yaqin rassom ishtirok etadi.
Ma’lumot uchun, mumtoz miniatura maktablari ichida Buxoro va Samarqand maktablari alohida o‘rin egallaydi. Asarlarda kompozitsion qurilish, arxitektura, odamlar, jonivorlar talqini o‘ziga xos uslubda ishlangan. “Miniatura san’ati” "UNESCO"ning nomoddiy madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan.