Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashi yig‘ilishida nimalarga kelishib olindi?

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.06.2025
Obuna bo‘lish
Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining navbatdagi yig‘ilishi 2025-yil dekabr oyida Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tadi.
TOShKENT, 28-iyun — Sputnik. Minskda Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda bir qator muhim masalalar ko‘rib chiqildi.
Bular: YeOII qonunchiligini takomillashtirish, Yevroosiyo iqtisodiy integratsiyasini rivojlantirish strategiyasini amalga oshirish, xalqaro hamkorlik, savdo, xizmatlar bozorini rivojlantirish, tabiiy monopoliya subyektlari faoliyatini tartibga solish, sport sohasida o‘zaro hamkorlik.
Ikkita muhim xalqaro hujjat imzolandi. Birinchisi, Birlashgan Arab Amirliklari bilan iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risidagi bitim. Ikkinchisi - Mo‘g‘uliston bilan vaqtinchalik savdo bitimi.
Davlat rahbarlari, shuningdek, YeOII xalqaro faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini ko‘rib chiqdilar. O‘tgan yillar davomida Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining xalqaro maydondagi mavqeyi sezilarli darajada mustahkamlandi.
Shuningdek, davlat rahbarlari Yevroosiyo iqtisodiy integratsiyasini rivojlantirishning 2025-yilgacha bo‘lgan strategik yo‘nalishlarini amalga oshirish bo‘yicha bajarilayotgan ishlar bilan tanishtirildi. Mazkur hujjatning amalga oshirilishi barcha muhim yo‘nalishlarda integratsiyaga ma’lum sur’at baxsh etdi.
Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashi a’zolari Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi to‘g‘risidagi shartnomaga o‘zgartirishlar kiritishni o‘z ichiga olgan IV Katta protokolni imzoladilar. O‘zgartirishlar texnik jihatdan tartibga solish, elektr energiyasi, raqobat va moliya bozorlaridagi kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan.
YeOII mamlakatlari rahbarlariga Ittifoqda mahsulotlarni markalashning rivojlanishi haqida ma’lumot berildi.
YeOII doirasida alohida xizmat ko‘rsatish tarmoqlarini liberallashtirish rejalarini amalga oshirish to‘g‘risidagi hisobot qabul qilindi.
YeOIIda sport sohasidagi iqtisodiy hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari belgilab berildi.
YeOIIda 2023-2024 yillarga mo‘ljallangan xizmatlar savdosini tartibga solish qoidalariga rioya qilish natijalari sarhisob qilindi.
Tabiiy monopoliyalarni tartibga solish sohasidagi 2024-yil yakunlari taqdim etildi.
Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining navbatdagi yig‘ilishi 2025-yil dekabr oyida Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tadi.
Shavkat Mirziyoyev YeOII Oliy iqtisodiy kengashida - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.06.2025
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev YeOII Oliy iqtisodiy kengashida qator takliflarni ilgari surdi
Yangiliklar lentasi
0