Shavkat Mirziyoyev YeOII Oliy iqtisodiy kengashida qator takliflarni ilgari surdi
17:57 27.06.2025 (yangilandi: 18:40 27.06.2025)
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev YeOII Oliy iqtisodiy kengashida

© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston YeOIIning ko‘ptomonlama dastur va loyihalarda ishtirok etishdan manfaatdor - prezident.
TOShKENT, 27-iyun — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev bugun Minskda bo‘lib o‘tgan Oliy darajadagi Yevroosiyo iqtisodiy kengashida nutq so‘zladi.
O‘zbekiston prezidenti o‘z nutqida O‘zbekiston va YeOII hamkorligi samarali rivojlanayotganini ta’kidladi. Xususan:
O‘zbekiston prezidenti o‘z nutqida O‘zbekiston va YeOII hamkorligi samarali rivojlanayotganini ta’kidladi. Xususan:
So‘nggi 4-yilda YeOII bilan tashqi savdo aylanmasi 80 foizga o‘sib, 18 milliard dollarni tashkil qildi.
Uch yilga mo‘ljallangan 40 ta aniq chora-tadbirni qamrab olgan, yangi rejani amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston YeOIIning “Yevroosiyo agro ekspress”, elektron savdoni rivojlantirish, yuk tashishni raqamlashtirish dasturlarda faol ishtirok etmoqda.
Aprel oyida O‘zbekiston Yevroosiyo taraqqiyot bankiga qo‘shildi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev YeOII Oliy iqtisodiy kengashida

Shavkat Mirziyoyev YeOII Oliy iqtisodiy kengashida
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Shu bilan birga Shavkat Mirziyoyev qator takliflarni ham ilgari surdi:
O‘zbekiston savdo operatsiyalari soddalashtirish va texnik tartibga solish tizimlarini yaqinlashtirishni tezlashtirish tarafdori.
Elektron savdo, raqamli markirovka, yangi avlod logistika platformalarini yaratish, bo‘yicha alohida dastur qabul qilishni taklif etamiz.
O‘zbekiston o‘tkazish punktlari yagona integrallashgan axborot tizimida ishtirok etishga texnik jihatdan tayyor.
Kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash uchun YeOII Ishbilarmonlik kengashi bilan amaliy hamkorlikni kengaytirishni taklif etamiz.
O‘zbekiston sanoat kooperatsiyasi va texnologiyalar transferi bo‘yicha Yevroosiyo platformasi imkoniyalaridan foydalanishdan manfaatdor.
O‘zbekiston YeOII bilan agrokooperatsiya dasturini qabul qilishdan manfaatdor.
YeOII bilan mehnat resurslari tartib-taomillarini soddalashtirish, sohalarda professional standartlar va malaka talablarini yaqinlashtirish bo‘yicha maslahatlashuvlar o‘tkazishni taklif etamiz.
O‘zbekiston YeOII doirasida joriy etilgan “Chegara bilmas ish” integratsiyalashgan platformasiga qo‘shilishga tayyor.
So‘z yakunida Shavkat Mirziyoyev Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi doirasida amaliy hamkorlikni kengaytirishga sodiq ekanini yana bir bor tasdiqladi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev YeOII Oliy iqtisodiy kengashida

Shavkat Mirziyoyev YeOII Oliy iqtisodiy kengashida
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana