Xitoy va AQSh o‘zaro savdo masalalarida kelishib oldi

© AP Photo / Pool / Mark SchiefelbeinFlagi SShA i Kitaya pered otkritiyem kitaysko-amerikanskix peregovorov v Pekine. Arxivnoe foto
Flagi SShA i Kitaya pered otkritiyem kitaysko-amerikanskix peregovorov v Pekine. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.06.2025
Obuna bo‘lish
Xitoy va AQSh ayrim savdo masalalarida kelishib olgan, lekin bu hali keng qamrovli savdo bitimi emas.
TOShKENT, 27-iyun – Sputnik. Xitoy Savdo vazirligi Pekin va Vashington orasida Jenevada erishilgan savdo kelishuvlarini tasdiqladi, deb yozmoqda "The Global Times" nashri.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, Xitoy "qonunlar va qoidalarga muvofiq eksport nazorati ostida bo‘lgan tovarlarni eksport qilish uchun arizalarni ko‘rib chiqadi va tasdiqlaydi". AQSh o‘z navbatida Xitoyga nisbatan bir qator cheklovchi choralarni bekor qiladi, deb ta’kidladi Xitoy vazirligi.

AQSh savdo vaziri Xovard Lutnik Blumberg nashriga bergan intervyusida Jeneva va Londondagi savdo muzokaralarida AQSh va Xitoy tomonidan erishilgan tarif kelishuvlarini mustahkamlaganini va bu ikki davlat o‘rtasidagi keng qamrovli savdo bitimi emasligini aytdi.
Ikki davlat o‘rtasidagi savdo muzokaralarining birinchi raundi 10-11 may kunlari Shveysariyada bo‘lib o‘tdi va tomonlar o‘zaro tariflarni pasaytirishga kelishib oldilar.
Tramp va Xitoy rahbari Si Szinpin keyinroq telefon orqali gaplashib, uning davomida yetakchilar munozarali savdo masalalari, jumladan, nodir metallarini muhokama qilishgan.
9 iyun kuni Londonda AQSh-Xitoy savdo muzokaralarining ikkinchi raundi bo‘lib o‘tdi.
Donald Tramp hukumat boshiga kelganidan so‘ng dunyoning barcha davlatlariga nisbatan bojlarni oshirishini e’lon qilgan edi. Xususan Xitoyga nisbatan soliqlar darajasi 145% gacha oshirilgan edi. Bunga javoban Xitoy ham AQSh tovarlariga bojlarni keskin oshirib, nodir metallar eksportini taqiqlagan edi.
Jenshina slushayet vistuplenie ministra inostrannix del Kitaya Van I na forume Lantinga - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.05.2025
AQSh va Xitoy bojxona tariflarini to‘xtatishga kelishib oldi
Yangiliklar lentasi
0