https://oz.sputniknews.uz/20250512/aqsh-xitoy-bojxona-tarif-49322989.html
AQSh va Xitoy bojxona tariflarini to‘xtatishga kelishib oldi
AQSh va Xitoy bojxona tariflarini to‘xtatishga kelishib oldi
Sputnik O‘zbekiston
Xitoy va AQSh o‘rtasida savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tdi. 12.05.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-05-12T15:08+0500
2025-05-12T15:08+0500
2025-05-12T15:08+0500
dunyo yangiliklari
dunyoda
aqsh
xitoy
bojxona boji
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/04/10/18362445_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_48ca93b7bc0401a0a3ca51e3baa77775.jpg
TOShKENT, 12-may — Sputnik. Xitoy va AQSh 14-may kuni 90 kunlik dastlabki 24 foizlik tariflarni qo‘llashni o‘zaro to‘xtatishga kelishib oldi. Bu haqda Xitoy va AQShning qo‘shma bayonotida ma’lum qilindi, deya xabar berdi RIA Novosti. Jenevada ikki mamlakat o‘rtasida savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha muzokaralar o‘tkazildi. Unda Xitoy tomonidan koordinator sifatida Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi bosh vaziri o‘rinbosari Xe Lifeng, AQSh tomonidan esa moliya vaziri Skott Bessent ishtirok etdi. Dushanba kuni Xitoy markaziy televideniyesi tomonidan e’lon qilingan bayonotga ko‘ra, tomonlar muzokaralar chog‘ida 14-maydan boshlab 24 foizlik tarifni dastlabki 90 kunlik muddatga to‘xtatib turishga kelishib olgan. Shu bilan birga 10 foizlik tarifni saqlab qolishdi. AQSh moliya vaziri Skott Bessentning so‘zlariga ko‘ra, Vashington Xitoy tovarlariga boj to‘lovlarini 145 foizdan 30 foizga, Pekin esa Amerika tovarlariga 125 foizdan 10 foizga pasaytiradi.Qayd etilishicha, Qo‘shma Shtatlar 8-apreldagi 14259-sonli va 9-apreldagi 14266-sonli Ijroiya farmoyishiga muvofiq tovarlarga qo‘yiladigan qo‘shimcha bojlarni bekor qiladi. Xitoy 2025-yilda Davlat kengashining Tariflar va tasniflash qo‘mitasining 4 va 5-sonli farmonlari bilan ilgari yuklangan tovarlarga qo‘shimcha bojlarni bekor qiladi. Xitoy, shuningdek, 2-apreldan boshlab Qo‘shma Shtatlarga qarshi ko‘rilgan tarifsiz qarshi choralarni to‘xtatadi yoki bekor qiladi.Bayonotda, shuningdek, "Xitoy va Qo‘shma Shtatlar savdo-iqtisodiy munosabatlar bo‘yicha muzokaralarni davom ettirish mexanizmini o‘rnatishi" ta’kidlangan.
https://oz.sputniknews.uz/20250404/xitoy-aqsh-tovarlariga-qoshimcha-34-foizlik-boj-joriy-qildi--48735754.html
xitoy
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/04/10/18362445_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_4f9c1f7bd758da355e3b7e72e04dd110.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyo yangiliklari, dunyoda, aqsh, xitoy, bojxona boji
dunyo yangiliklari, dunyoda, aqsh, xitoy, bojxona boji
AQSh va Xitoy bojxona tariflarini to‘xtatishga kelishib oldi
Xitoy va AQSh o‘rtasida savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tdi.
TOShKENT, 12-may — Sputnik. Xitoy va AQSh 14-may kuni 90 kunlik dastlabki 24 foizlik tariflarni qo‘llashni o‘zaro to‘xtatishga kelishib oldi. Bu haqda Xitoy va AQShning qo‘shma bayonotida ma’lum qilindi, deya xabar berdi
RIA Novosti. Jenevada ikki mamlakat o‘rtasida savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha muzokaralar o‘tkazildi. Unda Xitoy tomonidan koordinator sifatida Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi bosh vaziri o‘rinbosari Xe Lifeng, AQSh tomonidan esa moliya vaziri Skott Bessent ishtirok etdi.
Dushanba kuni Xitoy markaziy televideniyesi tomonidan e’lon qilingan bayonotga ko‘ra, tomonlar muzokaralar chog‘ida 14-maydan boshlab 24 foizlik tarifni dastlabki 90 kunlik muddatga to‘xtatib turishga kelishib olgan. Shu bilan birga 10 foizlik tarifni saqlab qolishdi.
AQSh moliya vaziri Skott Bessentning so‘zlariga ko‘ra, Vashington Xitoy tovarlariga boj to‘lovlarini 145 foizdan 30 foizga, Pekin esa Amerika tovarlariga 125 foizdan 10 foizga pasaytiradi.
Qayd etilishicha, Qo‘shma Shtatlar 8-apreldagi 14259-sonli va 9-apreldagi 14266-sonli Ijroiya farmoyishiga muvofiq tovarlarga qo‘yiladigan qo‘shimcha bojlarni bekor qiladi. Xitoy 2025-yilda Davlat kengashining Tariflar va tasniflash qo‘mitasining 4 va 5-sonli farmonlari bilan ilgari yuklangan tovarlarga qo‘shimcha bojlarni bekor qiladi. Xitoy, shuningdek, 2-apreldan boshlab Qo‘shma Shtatlarga qarshi ko‘rilgan tarifsiz qarshi choralarni to‘xtatadi yoki bekor qiladi.
Bayonotda, shuningdek, "Xitoy va Qo‘shma Shtatlar savdo-iqtisodiy munosabatlar bo‘yicha muzokaralarni davom ettirish mexanizmini o‘rnatishi" ta’kidlangan.