MAGATE obro‘siga jiddiy putur yetdi — Peskov

© Sputnik / Pavel Bednyakov / Mediabankka o‘tishZamestitel rukovoditelya administratsii prezidenta RF, press-sekretar prezidenta RF Dmitriy Peskov.
Zamestitel rukovoditelya administratsii prezidenta RF, press-sekretar prezidenta RF Dmitriy Peskov. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.06.2025
Obuna bo‘lish
Peskov Eronning MAGATE bilan hamkorlikni to‘xtatish qarori yadroviy obyektlariga asossiz tajovuz va zarbalar natijasi ekanligini aytdi.
TOShKENT, 25-iyun — Sputnik. Eron yadroviy obyektlariga berilgan misli ko‘rilmagan zarbalardan so‘ng MAGATE obro‘siga jiddiy putur yetdi. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov jurnalistlarga ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
Peskov Eronning MAGATE bilan hamkorlikni to‘xtatish qarori respublikaning yadroviy obyektlariga asossiz tajovuz va zarbalar natijasi ekanligini ta’kidladi.
"Albatta, aytaylik, bu vaziyatda MAGATEning obro‘siga jiddiy putur yetdi", — dedi u jurnalistlarga.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eron parlamenti Tehronning MAGATE bilan hamkorligini to‘xtatish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ma’qulladi. Parlament qaroriga ko‘ra, agar yadroviy obyektlar xavfsizligi va yadroviy sohada tinch faoliyat ta’minlanmasa, agentlik xodimlari tekshiruvlar uchun mamlakatga tashrif buyurishi mumkin emas, bu esa (kirish to‘g‘risidagi qaror - tahr.), o‘z navbatida, Eron Milliy xavfsizlik oliy kengashining roziligiga bog‘liq.
Dushanba kuni MAGATE bosh direktori Rafael Grossi tashkilot xodimlarining Erondagi tekshiruvlarini imkon qadar tezroq qayta boshlashga chaqirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu AQSh tomonidan hujumga uchragan obyektdan olib chiqib ketilishi mumkin bo‘lgan 60 foizgacha boyitilgan uran bilan nima qilishni tushunishga yordam beradi.
Flag MAGATE - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.06.2025
Rossiya AQShning Eronga zarbasi fonida MAGATEdan "aylanma gaplarsiz" aniq munosabat kutmoqda
Yangiliklar lentasi
0