Arzon uran davri tugamoqda — Rosatom

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishMejdunarodniy forum "Rossiyskaya energeticheskaya nedelya"
Mejdunarodniy forum Rossiyskaya energeticheskaya nedelya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.06.2025
Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Aleksandr Boysov: mavjud konlarda qazib olish allaqachon pasayishni boshladi.
TOShKENT, 25-iyun — Sputnik. Dunyoda 2040-yilga borib uranga bo‘lgan talab ikki baravar oshib, yiliga 130 ming tonnaga yetishi mumkin. Shu bilan birga, mavjud konlarda qazib olish allaqachon pasayishni boshladi. Bu haqda "Rosatom" davlat korporatsiyasining "Texsnabeksport" AJ maslahatchisi Aleksandr Boysov "MINEX Central Asia 2025" forumida ma’lum qildi.

"Jahon bozorida arzon uran davri tugamoqda. Energetika ehtiyojlari ortib bormoqda, konlar esa yopilmoqda va ikkilamchi manbalar qisqarmoqda", — dedi u.

Uning aytishicha, 2025-yildan boshlab mavjud konlarda qazib olishning pasayishi boshlandi. 2040-yilga borib ularning quvvati 2 baravar qisqarishi mumkin.
Bunda ikkilamchi manbalar (masalan, qayta ishlash) yiliga 8 ming tonna atrofida saqlanib qoladi.
Jahon yadro assotsiatsiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2040-yilga borib dunyo "pushti maydon" deb ataladigan, ya’ni hali tasdiqlanmagan manbalardan yiliga 46 ming tonnagacha uran olishi kerak bo‘ladi.
"Yerda resurslar ko‘p, lekin ular qazib olishning real rejalari bilan mustahkamlanmagan. Bu 46 ming tonnani qayerdan olish - katta savol. Bu yangi konlar yoki ilgari konservatsiya qilingan konlarga qaytishdir", — dedi Boysov.
Uning eslatishicha, o‘tgan o‘n yillikda past narxlar tufayli ko‘plab kompaniyalar qazib olishni yopgan yoki to‘xtatgan. Hozir vaziyat o‘zgarmoqda va ishlab chiqaruvchilar rivojlanishga sarmoya kiritish uchun barqaror narxlarga muhtoj.
"Rosatom" davlat korporatsiyasi uran qazib olish bo‘yicha dunyoda yetakchi uchlikka kiradi, u Rossiya va xorijdagi loyihalar hisobiga hajmni oshirmoqda.
"Asosiy hissa Qozog‘istondagi loyihalar va Rossiyadagi mavjud korxonalar tomonidan ta’minlangan", — dedi Boysov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 2024-yilda “Rosatom” qazib olish bo‘yicha tarixiy maksimal ko‘rsatkichga erishdi - 8,5 ming tonna, shundan yarmidan ko‘pi quduqlarda yer ostida tanlab eritish hisobiga to‘g‘ri keladi. Rossiyada uning ulushi 40% gacha.
Kompaniya tannarxi bo‘yicha dunyodagi eng yaxshi 20 ta loyihaga kiradi va arzon uran zaxiralari bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinni egallaydi (kg 80 dollardan kam). “Rosatom”ning xorijiy xomashyo bazasi hajmi 284 ming tonnani tashkil etadi.
"Biz Mo‘g‘uliston, Tanzaniya, Namibiya va Braziliyada yangi xomashyo bazalariga kirish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqdamiz. Bu mamlakatlarda yerosti qazib olish salohiyatini ko‘rapmiz", — deya qo‘shimcha qildi Aleksandr Boysov.
Atomnaya elektrostansiya. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.06.2025
Rossiya va O‘zbekiston AES qurilishining asosiy shartlari haqida kelishib oldi
Yangiliklar lentasi
0