https://oz.sputniknews.uz/20250624/ulan-bator-toshkent-aviaparvozlar-50120875.html
Ulan-Batordan Toshkentga aviaparvozlar yo‘lga qo‘yiladi
Ulan-Batordan Toshkentga aviaparvozlar yo‘lga qo‘yiladi
Sputnik O‘zbekiston
“Hunnu Air” aviakompaniyasi joriy yil sentabr oyida Ulan-Batordan Toshkentga ilk parvozni amalga oshirishni rejalashtirmoqda
2025-06-24T08:45+0500
2025-06-24T08:45+0500
2025-06-24T12:06+0500
jamiyat
o‘zbekiston
mo‘g‘uliston
aviaparvozlar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/02/15/48063876_0:67:3403:1981_1920x0_80_0_0_c11f4ec91ae990022563ed2491573b4c.jpg
TOShKENT, 24-iyun — Sputnik. Ulan-Batordan Toshkentga aviaparvozlar yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Mo‘g‘ulistonga davlat tashrifi arafasida Ulan-Batorda O‘zbekiston–Mo‘g‘uliston biznes-forumi bo‘lib o‘tdi. Tadbir doirasida Transport vazirining birinchi o‘rinbosari Mamanbiy Omarov Mo‘g‘ulistonning “Hunnu Air” aviakompaniyasi rahbari Purevjav Munxjargal bilan uchrashdi. Muzokara davomida “Hunnu Air” aviakompaniyasiga kerakli slotlar ajratilishi masalasiga aniqlik kiritildi hamda tranzit yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish mexanizmi va tartibini muvofiqlashtirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar belgilandi.
https://oz.sputniknews.uz/20250623/shavkat-mirziyoev-moguliston-tashrif-50116705.html
o‘zbekiston
mo‘g‘uliston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/02/15/48063876_337:0:3068:2048_1920x0_80_0_0_3c893205ccf78e358af4bf4aa4f0d54f.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
“hunnu air” aviakompaniya ulan-bator-toshkent parvoz
“hunnu air” aviakompaniya ulan-bator-toshkent parvoz
Ulan-Batordan Toshkentga aviaparvozlar yo‘lga qo‘yiladi
08:45 24.06.2025 (yangilandi: 12:06 24.06.2025) Ilk parvoz sentabr oyiga rejalashtirilgan.
TOShKENT, 24-iyun — Sputnik. Ulan-Batordan Toshkentga aviaparvozlar yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati
xabar berdi. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Mo‘g‘ulistonga davlat tashrifi arafasida Ulan-Batorda O‘zbekiston–Mo‘g‘uliston biznes-forumi bo‘lib o‘tdi.
Tadbir doirasida Transport vazirining birinchi o‘rinbosari Mamanbiy Omarov Mo‘g‘ulistonning “Hunnu Air” aviakompaniyasi rahbari Purevjav Munxjargal bilan uchrashdi.
Muzokara davomida “Hunnu Air” aviakompaniyasiga kerakli slotlar ajratilishi masalasiga aniqlik kiritildi hamda tranzit yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish mexanizmi va tartibini muvofiqlashtirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar belgilandi.
“Tomonlar fuqaro aviatsiyasi sohasida kelgusidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga oid kelishuvlarga erishdi. Tegishli kelishuvga muvofiq “Hunnu Air” aviakompaniyasi joriy yil sentabr oyida Ulan-Batordan Toshkentga ilk parvozni amalga oshirishni rejalashtirmoqda”, — deyiladi xabarda.