Shavkat Mirziyoyev Mo‘g‘ulistonga boradi — tashrif dasturi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezidenti Uzbekistana i Mongolii obsudili perspektivi rasshireniya prakticheskogo sotrudnichestva
Prezidenti Uzbekistana i Mongolii obsudili perspektivi rasshireniya prakticheskogo sotrudnichestva - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.06.2025
Obuna bo‘lish
Tashrif davomida O‘zbekiston bilan Mo‘g‘uliston o‘rtasidagi hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqiladi.
TOShKENT, 23-iyun — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24-25 iyun kunlari davlat tashrifi bilan Mo‘g‘ulistonda bo‘ladi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, tashrif Mo‘g‘uliston prezidenti Uxnaagiyn Xurelsuxning taklifiga binoan amalga oshiriladi.
Tashrif dasturiga muvofiq, Ulan-Bator shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama uchrashuv va muzokaralar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.
O‘zbekiston bilan Mo‘g‘uliston o‘rtasidagi do‘stlik va amaliy hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqiladi.
“Tovar ayirboshlash hajmini oshirish va nomenklaturasini kengaytirish, sanoat tarmoqlari, qishloq xo‘jaligi, konchilik, transport sohalari va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda kooperatsiya loyihalarini ilgari surish, faol madaniy-gumanitar almashinuvni davom ettirish e’tibor markazida bo‘ladi”, — deyiladi xabarda.
Sammit yakunida kelishuvlar to‘plami qabul qilinishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning iyun oyida Mo‘g‘uliston prezidentining O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida ikki mamlakat o‘rtasida 14 ta hujjat imzolangan edi.
Mo‘g‘ulistonda “O‘zbekiston madaniyati kunlari” bo‘lib o‘tadi
O‘zbekiston Mo‘g‘uliston bilan Amir Temur va temuriylar haqida film suratga olmoqda
V Tashkente sostoyalos pervoe uzbeksko-mongolskoe MPK
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.02.2025
O‘zbekiston-Mo‘g‘uliston hukumatlari o‘rtasida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi — erishilgan kelishuvlar
Yangiliklar lentasi
0