TOShKENT, 24-iyun — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga Mo‘g‘ulistonga yetib bordi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.Davlat rahbarini Mo‘g‘uliston tashqi ishlar vaziri Batmunx Batsetseg va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi. Ikki mamlakat bayroqlari bilan bezatilgan "Buyant-Uxaa" aeroportida oliy martabali mehmonlar sharafiga faxriy qorovul saf tortdi.Tashrif dasturiga muvofiq, bugun oliy darajadagi O‘zbekiston-Mo‘g‘uliston muzokaralari bo‘lib o‘tadi.Ma’lumot uchun, tashrif Mo‘g‘uliston prezidenti Uxnaagiyn Xurelsuxning taklifiga binoan amalga oshiriladi. Tashrif dasturiga muvofiq, Ulan-Bator shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama uchrashuv va muzokaralar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.O‘zbekiston bilan Mo‘g‘uliston o‘rtasidagi do‘stlik va amaliy hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqiladi. Sammit yakunida kelishuvlar to‘plami qabul qilinishi kutilmoqda.
o‘zbekiston prezidenti shavkat mirziyoyev ziroatxon mirziyoyeva mo‘g‘uliston mo‘g‘uliston tashqi ishlar vaziri batmunx batsetseg "buyant-uxaa" aeroporti shavkat mirziyoyev ziroatkhan mirziyoyeva mongolian batmunh battsetseg buyant-ukhaa airport
o‘zbekiston prezidenti shavkat mirziyoyev ziroatxon mirziyoyeva mo‘g‘uliston mo‘g‘uliston tashqi ishlar vaziri batmunx batsetseg "buyant-uxaa" aeroporti shavkat mirziyoyev ziroatkhan mirziyoyeva mongolian batmunh battsetseg buyant-ukhaa airport
Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan Mo‘g‘ulistonda kutib olindi — foto
O‘zbekiston yetakchisi va birinchi xonimni Mo‘g‘uliston tashqi ishlar vaziri va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
TOShKENT, 24-iyun — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga Mo‘g‘ulistonga yetib bordi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.
Davlat rahbarini Mo‘g‘uliston tashqi ishlar vaziri Batmunx Batsetseg va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi. Ikki mamlakat bayroqlari bilan bezatilgan "Buyant-Uxaa" aeroportida oliy martabali mehmonlar sharafiga faxriy qorovul saf tortdi.
Tashrif dasturiga muvofiq, bugun oliy darajadagi O‘zbekiston-Mo‘g‘uliston muzokaralari bo‘lib o‘tadi.
Ma’lumot uchun, tashrif Mo‘g‘uliston prezidenti Uxnaagiyn Xurelsuxning taklifiga binoan amalga oshiriladi. Tashrif dasturiga muvofiq, Ulan-Bator shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama uchrashuv va muzokaralar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.
O‘zbekiston bilan Mo‘g‘uliston o‘rtasidagi do‘stlik va amaliy hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqiladi. Sammit yakunida kelishuvlar to‘plami qabul qilinishi kutilmoqda.