Saida Mirziyoyeva Mixail Mishustin bilan uchrashdi

© Telegram kanal: Saida MirziyoyevaV zavershenie vizita v Moskvu sostoyalas vstrecha s Predsedatelem Pravitelstva Rossiyskoy Federatsii Mixailom Mishustinim
V zavershenie vizita v Moskvu sostoyalas vstrecha s Predsedatelem Pravitelstva Rossiyskoy Federatsii Mixailom Mishustinim - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.05.2025
Obuna bo‘lish
Ta’kidlanishicha, uchrashuvda hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari muhokama qilindi.
TOShKENT, 30-may — Sputnik. O‘zbekiston prezidentining yordamchisi Saida Mirziyoyeva Rossiya hukumati raisi Mixail Mishustin bilan uchrashdi. Bu haqda Mirziyoyeva Telegram kanalida xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, uchrashuvda hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari muhokama qilindi, bunda savdo, investitsiyalar, mehnat migratsiyasi va yuqori malakali kadrlar tayyorlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
© Telegram kanal: Saida MirziyoyevaV zavershenie vizita v Moskvu sostoyalas vstrecha s Predsedatelem Pravitelstva Rossiyskoy Federatsii Mixailom Mishustinim
V zavershenie vizita v Moskvu sostoyalas vstrecha s Predsedatelem Pravitelstva Rossiyskoy Federatsii Mixailom Mishustinim - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.05.2025
V zavershenie vizita v Moskvu sostoyalas vstrecha s Predsedatelem Pravitelstva Rossiyskoy Federatsii Mixailom Mishustinim
Tovar ayirboshlash hajmi ortib borayotgani, qo‘shma loyihalar, eng avvalo, sanoat va energetika sohalarida faol ilgari surilayotgani alohida ta’kidlandi. Migratsiya tartib-taomillarini tezlashtirish chora-tadbirlari va patentlarni rasmiylashtirish bosqichlarining bir qismini O‘zbekiston hududiga ko‘chirish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Uchrashuvda mintaqalararo hamkorlik va yangi ta’lim tashabbuslarini amalga oshirish, jumladan, oliy o‘quv yurtlarining yangi filiallarini ochish va MISiS muhandislik maktabini ishga tushirish muhimligi qayd etildi.
© Telegram kanal: Saida MirziyoyevaV zavershenie vizita v Moskvu sostoyalas vstrecha s Predsedatelem Pravitelstva Rossiyskoy Federatsii Mixailom Mishustinim
V zavershenie vizita v Moskvu sostoyalas vstrecha s Predsedatelem Pravitelstva Rossiyskoy Federatsii Mixailom Mishustinim - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.05.2025
V zavershenie vizita v Moskvu sostoyalas vstrecha s Predsedatelem Pravitelstva Rossiyskoy Federatsii Mixailom Mishustinim
“O‘zaro ishonch va ochiqlik ruhida o‘tgan suhbat hamkorlikda amaliy natijalarga erishishga tomonlarning intilishi qat’iy ekanligini tasdiqladi. Ko‘rsatilgan mehmondo‘stlik uchun Rossiya tomoniga samimiy minnatdorlik bildiraman”, - deb yozdi Saida Mirziyoyeva.
Predsedatel Soveta Federatsii Valentina Matviyenko vstretilas s pomoshnikom Prezidenta Respubliki Uzbekistan Saidoy Mirziyoyevoy.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.05.2025
Saida Mirziyoyeva Valentina Matviyenko bilan uchrashdi — muhokama etilgan masalalar
Yangiliklar lentasi
0