Eronga nisbatan tajovuz hech qanday asosga ega emas — Putin

© POOL / Mediabankka o‘tishPrezident Vladimir Putin vstretilsya vstretilsya s glavoy MID Irana Abbasom Arakchi
Prezident Vladimir Putin vstretilsya vstretilsya s glavoy MID Irana Abbasom Arakchi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.06.2025
Obuna bo‘lish
Putin Eron TIV rahbari bilan Yaqin Sharqdagi mojaroning keskinlashuvini muhokama qildi.
TOShKENT, 23-iyun — Sputnik. Prezident Vladimir Putin Kremlda Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi bilan uchrashib, Yaqin Sharqdagi mojaroning keskinlashuvini muhokama qildi.
Rossiya rahbarining asosiy bayonotlari:
Moskvaning Eron va Isroil o‘rtasida sodir bo‘layotgan voqealar bo‘yicha pozitsiyasi yaxshi ma’lum, u Rossiya tashqi ishlar vazirligi tomonidan bayon etilgan.
Eronga nisbatan sababsiz tajovuz hech qanday asos va oqlashga ega emas.
Islom respublikasi TIV rahbarining Rossiyaga tashrifi yuzaga kelgan vaziyatdan qanday chiqib ketish mumkinligini muhokama qilish va o‘ylash imkonini beradi.
"Biz Eron bilan uzoq yillik, yaxshi, ishonchli munosabatlarga egamiz. Biz o‘z tomonimizdan Eron xalqiga yordam berish uchun sa’y-harakatlarni amalga oshirmoqdamiz", — dedi Putin.
Rossiya AQShning Eronga zarbasi fonida MAGATEdan "aylanma gaplarsiz" aniq munosabat kutmoqda
Putin Eron rahbariyatiga eng ezgu tilaklarini yetkazdi.
Eron TIV rahbarining bayonotlari:
Isroil va AQShning Eronga hujumlari tufayli Yaqin Sharqdagi keskinlik kuchaymoqda
Tehron Tel-Aviv va Vashingtonning harakatlarini noqonuniy deb hisoblaydi, Islom Respublikasi qonuniy himoya huquqiga ega.
Rossiya va Eron barcha yo‘nalishlarda, ayniqsa, jahon xavfsizligi masalalari bo‘yicha doimiy maslahatlashuvlar olib bormoqda.
Tehron Isroil va AQShning Eronga nisbatan harakatlarini qoralagani uchun Moskvadan minnatdor.
"Biz, shuningdek, bu harakatlarni keskin qoralagani uchun Rossiyaga minnatdorchilik bildirmoqchimiz. Rossiya bugungi kunda tarix va xalqaro huquqning to‘g‘ri tomonida. Eronning oliy rahbari (Ali Xomanaiy. - Tahr.) va Eron prezidenti janob Pezeshkiyon sizga eng ezgu tilaklarini yetkazishni so‘rashdi", — dedi Aroqchi.
Lavrov dunyoda to‘liq tartibsizlik holati qachon yuzaga kelishini aytdi
Alleya flagov vozle zdaniya Organizatsii Obyedinyonnix Natsiy (OON) v Jeneve. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.06.2025
BMT Eronga Iroil va AQSh zarbalari munosabati bilan yig‘ilish o‘tkazdi — kim qanday fikrda?
Yangiliklar lentasi
0