AQShning Eronga zarbalaridan keyin neft narxi oshmoqda

© Sputnik / Mixail VoskresenskiyBirja
Birja - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.06.2025
Obuna bo‘lish
AQShning Eronga bergan zarbalaridan so‘ng Brent nefti narxi ko‘tarildi.
TOShKENT, 23-iyun — Sputnik. AQSh Eron yadroviy obyektlariga zarba berganidan so‘ng dushanba kuni ertalab jahon neft narxlari oshmoqda, deya xabar berdi RIA Novosti birja ma’lumotlariga tayanib.
Qayd etilishicha, savdolar chog‘ida Brent narxi avgust oyida yetkazib berish bilan bir barrel uchun 81 dollardan oshdi - bu yanvar oyi o‘rtalaridan beri eng yuqori ko‘rsatkich.
Brent markali neftning sentabr fyucherslari narxi avvalgi yopilish darajasiga nisbatan 1,27 foizga oshib, bir barrel uchun 76,44 dollarni tashkil etdi. Brent avgust fyucherslari - 1,48 foizga, 78,15 dollargacha, WTI avgust fyucherslari - 1,37 foizga, 74,85 dollargacha o‘sdi.
Avgust oyidagi Brent narxi dushanbaga o‘tar kechasi bo‘lib o‘tgan savdolarda 17-yanvardan beri birinchi marta bir barrel uchun 81 dollardan oshib, eng yuqori ko‘rsatkich 81,4 dollarni tashkil etdi.
Ma’lumot uchun, AQSh 22-iyunga o‘tar kechasi Eronning Natanz, Fordo va Isfahondagi uchta yadroviy obyektiga zarba berdi. Vashingtonning so‘zlariga ko‘ra, hujum, Eron yadro dasturini yo‘q qilish yoki jiddiy zaiflashtirishga mo‘ljallangan edi. Shu fonda Eron parlamenti Ho‘rmuz bo‘g‘ozini yopish zarurligi to‘g‘risida xulosaga keldi, yakuniy qaror mamlakat Milliy xavfsizlik kengashi tomonidan ma’qullanishi kerak.
Alleya flagov vozle zdaniya Organizatsii Obyedinyonnix Natsiy (OON) v Jeneve. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.06.2025
BMT Eronga Iroil va AQSh zarbalari munosabati bilan yig‘ilish o‘tkazdi — kim qanday fikrda?
Yangiliklar lentasi
0