Mirziyoyev Ko‘kdala tumani markazidagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev oznakomilsya s masshtabnoy sozidatelnoy rabotoy v administrativnom sentre Kukdalinskogo rayona Kashkadarinskoy oblasti
Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s masshtabnoy sozidatelnoy rabotoy v administrativnom sentre Kukdalinskogo rayona Kashkadarinskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.06.2025
Obuna bo‘lish
Prezident Ko‘kdaladagi bunyodkorlik, bunday yaxlit va mutanosib sharoitlar barcha tumanlar uchun namuna ekanini ta’kidladi.
TOShKENT, 21-iyun — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyati Ko‘kdala tumani ma’muriy markazidagi ulkan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Bu tuman davlat rahbari tashabbusi bilan aholiga qulayliklar yaratish, urbanizatsiya jarayonlarini tartibga solish maqsadida uch yil avval tashkil etilgan. Shundan so‘ng hudud rivoji jadallashib ketdi. Bugun Yettitom yaqinida yangi shahar paydo bo‘lmoqda.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev oznakomilsya s masshtabnoy sozidatelnoy rabotoy v administrativnom sentre Kukdalinskogo rayona Kashkadarinskoy oblasti
Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s masshtabnoy sozidatelnoy rabotoy v administrativnom sentre Kukdalinskogo rayona Kashkadarinskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.06.2025
Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s masshtabnoy sozidatelnoy rabotoy v administrativnom sentre Kukdalinskogo rayona Kashkadarinskoy oblasti
Prezident Ko‘kdaladagi bunyodkorlik, bunday yaxlit va mutanosib sharoitlar barcha tumanlar uchun namuna ekanini ta’kidladi.
Davlat rahbari tuman markazidagi Yettitom kichik sanoat zonasida ham bo‘ldi. To‘rt gektar maydonda to‘qimachilik, oziq-ovqat, qurilish va xo‘jalik mollari kabi yo‘nalishlarda qiymati 10 million dollarlik to‘qqizta kichik loyiha joylashtirilgan. Masalan, “Komfort Star New” korxonasida isitish qozonlari va boshqa temir mahsulotlar, “Komfort Industrial Aria”da chinni buyumlar ishlab chiqarilmoqda. Umuman, sanoat zonasida 600 dan ortiq doimiy ish o‘rni ochiladi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev oznakomilsya s masshtabnoy sozidatelnoy rabotoy v administrativnom sentre Kukdalinskogo rayona Kashkadarinskoy oblasti
Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s masshtabnoy sozidatelnoy rabotoy v administrativnom sentre Kukdalinskogo rayona Kashkadarinskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.06.2025
Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s masshtabnoy sozidatelnoy rabotoy v administrativnom sentre Kukdalinskogo rayona Kashkadarinskoy oblasti
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev oznakomilsya s masshtabnoy sozidatelnoy rabotoy v administrativnom sentre Kukdalinskogo rayona Kashkadarinskoy oblasti
Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s masshtabnoy sozidatelnoy rabotoy v administrativnom sentre Kukdalinskogo rayona Kashkadarinskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.06.2025
Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s masshtabnoy sozidatelnoy rabotoy v administrativnom sentre Kukdalinskogo rayona Kashkadarinskoy oblasti
Prezident yangi bunyod etilgan san’at saroyini ham borib ko‘rdi. Bu yerda 255 o‘rinli tomosha zali, ko‘plab to‘garak xonalari bor. Saroy zamonaviy cholg‘u asboblari bilan ta’minlangan, ovoz yozish studiyasi, ovoz kuchaytirish moslamalari, mukammal sovitish va isitish tizimi bilan jihozlangan.
Tumandagi san’at maktabi, umumta’lim maktabi va sport majmuasi u bilan yaqin joylashgan. Davlat rahbari bu bolalarga qulay bo‘lishini ta’kidlab, kelgusi loyihalarda shuni qo‘llash bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
Prezident yosh ijrochilarning badiiy chiqishlarini ham kuzatdi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev oznakomilsya s masshtabnoy sozidatelnoy rabotoy v administrativnom sentre Kukdalinskogo rayona Kashkadarinskoy oblasti
Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s masshtabnoy sozidatelnoy rabotoy v administrativnom sentre Kukdalinskogo rayona Kashkadarinskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.06.2025
Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s masshtabnoy sozidatelnoy rabotoy v administrativnom sentre Kukdalinskogo rayona Kashkadarinskoy oblasti
“Sizlarni ko‘rib, Amir Temur bobomiz yurtida iste’dodlar ko‘pligiga yana bir bor ishonch hosil qildim. G‘ayratli bo‘lib, bilim olishdan to‘xtamasangiz, O‘zbekiston buyukligining zamini sizlar bo‘lasiz”, - dedi Shavkat Mirziyoyev yoshlarga.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev oznakomilsya s masshtabnoy sozidatelnoy rabotoy v administrativnom sentre Kukdalinskogo rayona Kashkadarinskoy oblasti
Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s masshtabnoy sozidatelnoy rabotoy v administrativnom sentre Kukdalinskogo rayona Kashkadarinskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.06.2025
Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s masshtabnoy sozidatelnoy rabotoy v administrativnom sentre Kukdalinskogo rayona Kashkadarinskoy oblasti
Hududda yana ijtimoiy soha obyektlari, kutubxona, sport maydonlari, madaniyat markazlari qurilishi davom etmoqda.
Shu bilan Mirziyoyevning Qashqadaryoga tashrifi yakunlandi.
Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatida - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.06.2025
Qashqadaryoning ishga solinmagan zaxiralari rivojlantiriladi
Yangiliklar lentasi
0