Qashqadaryoning ishga solinmagan zaxiralari rivojlantiriladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatida
Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatida - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.06.2025
Obuna bo‘lish
Ilm va resurslar salohiyati to‘liq ishga solinsa viloyat qishloq xo‘jalik mahsulotlari hajmi 5-yilda 100 trillion so‘mga yetishi mumkin - prezident.
TOShKENT, 20-iyun — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Qashqadaryo viloyatining ishga solinmagan eng katta zaxirasi, bu – uning sug‘oriladigan, yaylov va o‘rmon yerlari ekani ta’kidlandi.
Xususan, viloyatda sug‘oriladigan yerlar 515 ming gektarni, tomorqa va bog‘dorchilik yerlari 45 ming gektar bo‘lsa, yaylov va o‘rmon yerlari — 1,3 million gektarni tashkil qiladi. Ushbu yerlar salohiyati ishga solinsa butun respublikaning go‘shtga ehtiyojini bemalol qoplasa bo‘ladi.

"Viloyatdagi 1,3 million gektar yaylov va o‘rmonlardan samarali foydalanish, ularga investitsiyalar jalb qilib, yerlarni aylanmaga kiritish va loyiha qilish uchun alohida kompaniya tashkil qilinib, unga aksiyadorlik jamiyati maqomi beriladi", - deyildi yig‘ilishda.

Unga dastlabki bosqichda 100 million dollar beriladi. Kompaniyaning o‘zi ham 500 million dollar investitsiya olib keladi. Bu mablag‘lar hisobiga kompaniya ikki yilda viloyatdagi kamida 200 ming gektar yaylov va o‘rmon yerlariga suv chiqarib, lazerli tekislab, suv tejovchi texnologiyalar joriy qiladi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatida yig‘ilish o‘tkazmoqda
Shavkat Mirziyoyev provel soveshanie v Kashkadarinskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.06.2025
Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatida yig‘ilish o‘tkazmoqda
Quyidagi istiqbolli yo‘nalishlar sanab o‘tildi:
Mirakida 520 gektar qir-adirda yangi terrasa usulida tashkil qilingan, 4-5 oyda meva beradigan uzum, gilos va olma bog‘lari kompaniyaga metodik baza bo‘ladi;
chorvachilik uchun Qishloq xo‘jaligi jamg‘armasidan 12 oygacha 14 foizli kreditlar ajratiladi. Bu orqali viloyatdagi 127 ta chorvador to‘liq quvvatga chiqadi;
yeri ham, fermasi ham mavjud bo‘lgan 630 ta chorvadorga mol sonini 12 ming boshga ko‘paytirishi uchun arzon resurslar ajratiladi;
Ko‘kdaladagi 6 ming gektar lalmi yerda tarvuz, viloyatning 13 ta tumanidagi 6 ming gektar ekin yerlarida pomidor yetishtirishni yo‘lga qo‘yish mumkin.
kartoshkachilikni rivojlantirish maqsadida: 10 foizdan 12 oy muddatga imtiyozli kredit ajratiladi, texnikalar import bojidan ozod etiladi, yuqori avlodli urug‘lar uchun QQSning 50 foizi qaytarib beriladi.
Eslatib o‘tamiz, 19-20 iyun kunlari Shavkat Mirziyoyevning Qashqadaryo viloyatiga tashrifi bo‘lib o‘tmoqda. Kecha prezident "Alp texno servis" elektrotexnika korxonasi, Shahrisabz shahridagi ko‘p tarmoqli kardiologiya markazi, Yakkabog‘ tumanida barpo etilgan “Yangi O‘zbekiston” massivi, "Miraki" xalqaro turizm markazi, “Hisorak” kichik gidro elektr stansiyasini ko‘zdan kechirgan edi.
Shavkat Mirziyoyev posetil mejdunarodniy turisticheskiy sentr Miraki v Shaxrisabzskom rayone - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.06.2025
Mirziyoyev Shahrisabzdagi “Miraki” xalqaro turizm markaziga bordi
Yangiliklar lentasi
0