Tanzila Narbayeva BMT vakili bilan uchrashdi — muhokama qilingan masalalar

© Senat Oliy MajlisaV Senate s predstavitelem OON obsujdeni vajnie voprosi
V Senate s predstavitelem OON obsujdeni vajnie voprosi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.06.2025
Obuna bo‘lish
Suhbat chog‘ida korrupsiya va odam savdosiga qarshi kurashishda parlamentning roliga e’tibor qaratildi.
TOShKENT, 20-iyun — Sputnik. Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva BMTning Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasining (BMT NJB) Afg‘oniston, Markaziy Osiyo, Pokiston va Erondagi mintaqaviy vakili Oliver Shtolpe bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda O‘zbekiston Senati matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuvda O‘zbekistonda prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar yuksak baholandi. BMT NJB mamlakatda amalga oshirilayotgan ishlarni to‘liq qo‘llab-quvvatlashi va har tomonlama ko‘maklashishga tayyorligi bildirildi.
© Senat Oliy MajlisaV Senate s predstavitelem OON obsujdeni vajnie voprosi
V Senate s predstavitelem OON obsujdeni vajnie voprosi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.06.2025
V Senate s predstavitelem OON obsujdeni vajnie voprosi
Qayd etilishicha, O‘zbekistonda korrupsiyaga hamda odam savdosiga qarshi kurashish masalalari davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Bu borada BMT NJB tomonidan katta yordam ko‘rsatilayotgani ta’kidlandi.
Suhbat chog‘ida korrupsiya va odam savdosiga qarshi kurashishda parlamentning roliga e’tibor qaratilib, bu o‘z o‘rnida xalqaro miqyosda tan olingan mustahkam qonunchilik tizimini shakllantirishga xizmat qilayotganligi ta’kidlandi. Shu bilan birga, O‘zbekistonning bu boradagi tajribasi xalqaro darajada namuna bo‘lishi mumkinligi e’tirof etildi.
O‘zbekistonning odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish, unga oid jinoyatlarni aniqlash va aybdorlarni javobgarlikka tortish ishlari sezilarli darajada yaxshilanganligi, mehnat migrantlari huquqlarini himoya qilish borasidagi yutuqlari ta’kidlandi. Bu mamlakatning xalqaro reytinglardagi o‘rni yaxshilanishida o‘z aksini topayotganligi qayd etildi.
© Senat Oliy MajlisaV Senate s predstavitelem OON obsujdeni vajnie voprosi
V Senate s predstavitelem OON obsujdeni vajnie voprosi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.06.2025
V Senate s predstavitelem OON obsujdeni vajnie voprosi
Tomonlar jinoyatchilikning oldini olishda zamonaviy axborot texnologiyalarini qo‘llash sohasidagi hamkorlikni faollashtirishga, shuningdek, global tahdidlar - raqamlashtirish, mehnat migratsiyasining kengayishi va boshqa ustuvor yo‘nalishlarni hisobga olgan holda 2026-2030 yillarga mo‘ljallangan hamkorlikning yangi "yo‘l xaritasi"ni tayyorlashga kelishib oldilar.
Na forume Globalnoy koalitsii za sotsialnuyu spravedlivost otmechen polojitelniy opit Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.06.2025
BMT vakili O‘zbekistonda inson huquqlari sohasida erishilgan ijobiy tajribani e’tirof etdi
Yangiliklar lentasi
0