BMT vakili O‘zbekistonda inson huquqlari sohasida erishilgan ijobiy tajribani e’tirof etdi
10:10 14.06.2025 (yangilandi: 10:22 14.06.2025)
© Senat Oliy MajlisaNa forume Globalnoy koalitsii za sotsialnuyu spravedlivost otmechen polojitelniy opit Uzbekistana

© Senat Oliy Majlisa
Obuna bo‘lish
Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston inson salohiyatini rivojlantirish, korrupsiyaga qarshi kurashish, samarali boshqaruv va ekologik barqarorlikka erishishni asosiy ustuvorlik deb biladi.
TOShKENT, 14-iyun — Sputnik. Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Xalqaro mehnat konferensiyasining Jeneva shahrida o‘tkazilgan 113-sessiyasida ishtirok etdi. Bu haqda Senat matbuot xizmati xabar berdi.
Ijtimoiy adolat bo‘yicha Global koalitsiyaning forumi doirasida “Hamkorlar suhbati – inson huquqlari iqtisodiyoti” mavzusida bo‘lib o‘tgan panel muhokamasida Tanzila Narbayeva rasmiy bayonot bilan ishtirok etdi.
© Senat Oliy MajlisaNa forume Globalnoy koalitsii za sotsialnuyu spravedlivost otmechen polojitelniy opit Uzbekistana

Na forume Globalnoy koalitsii za sotsialnuyu spravedlivost otmechen polojitelniy opit Uzbekistana
© Senat Oliy Majlisa
Senat raisi O‘zbekiston prezidenti tashabbusi bilan hayotga tatbiq etilayotgan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida inson huquqlarini ta’minlash, ijtimoiy adolatni mustahkamlash va har bir fuqaroga munosib turmush sharoitlarini yaratishga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi.
Bayonotda iqtisodiy va ijtimoiy siyosat fuqarolar manfaatlariga xizmat qilishi, inson huquqlari esa inklyuziv va barqaror iqtisodiyotning asosiga aylanishi kerakligi alohida qayd etildi.
Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston inson salohiyatini rivojlantirish, korrupsiyaga qarshi kurashish, samarali boshqaruv va ekologik barqarorlikka erishishni asosiy ustuvorlik deb biladi. Ushbu tamoyillar inson huquqlariga asoslangan iqtisodiyot yondashuvi bilan uyg‘unlashadi.
© Senat Oliy MajlisaNa forume Globalnoy koalitsii za sotsialnuyu spravedlivost otmechen polojitelniy opit Uzbekistana

Na forume Globalnoy koalitsii za sotsialnuyu spravedlivost otmechen polojitelniy opit Uzbekistana
© Senat Oliy Majlisa
Shuningdek, ijtimoiy himoyaga nafaqat imtiyoz, balki fundamental huquq sifatida qaralayotgani ta’kidlandi. XMT bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan “2030 yilgacha ijtimoiy himoya bo‘yicha milliy strategiya” universal qamrov, ijtimoiy xizmatlar, ijtimoiy sug‘urta va mehnat bozoridagi faol choralarni nazarda tutadi.
Bayonot yakunida inson huquqlari tamoyillarini global moliyaviy boshqaruv tizimlariga chuqur integratsiyalash zarurligi ta’kidlandi.
© Senat Oliy MajlisaNa forume Globalnoy koalitsii za sotsialnuyu spravedlivost otmechen polojitelniy opit Uzbekistana

Na forume Globalnoy koalitsii za sotsialnuyu spravedlivost otmechen polojitelniy opit Uzbekistana
© Senat Oliy Majlisa
Tadbir davomida BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi so‘nggi yillarda O‘zbekistonda inson huquqlari sohasida erishilgan ijobiy tajribani e’tirof etdi.
O‘zbekiston hamkorlikka tayyorligini, tajriba almashishga ochiqligini va har bir siyosat, budjet va islohot inson huquqlarini hisobga olgan holda ishlab chiqilishi kerak, degan qat’iy pozitsiyasini yana bir bor tasdiqladi.