Mirziyoyev Shahrisabzdagi “Miraki” xalqaro turizm markaziga bordi
09:30 20.06.2025 (yangilandi: 11:47 20.06.2025)
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev posetil mejdunarodniy turisticheskiy sentr "Miraki" v Shaxrisabzskom rayone

© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Obuna bo‘lish
Davlat rahbari “Miraki” xalqaro turizm markazidagi obodlik va qulayliklarni ko‘zdan kechirdi.
TOShKENT, 20-iyun — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Shahrisabz tumani Hisor tog‘i yon bag‘ridagi sayyohlik salohiyati bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Prezidentning 2023-yil 28-noyabrdagi qarori asosida Qashqadaryo viloyatining tog‘li-rekreatsion hududlarida zamonaviy xizmat ko‘rsatish va turizm majmualari barpo etilmoqda. Jumladan, xorijiy davlatlarning malakali ekspertlari va yetakchi kompaniyalari ishtirokida Miraki, Amir Temur, Uloch va Polmon mahallalarida sayyohlar uchun qulayliklar yaratilmoqda. Umumiy 240 gektar maydonda 400 million dollarlik 117 ta loyiha amalga oshirilmoqda. Buning natijasida esa 1 ming 700 ta doimiy ish o‘rni ochiladi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev posetil mejdunarodniy turisticheskiy sentr "Miraki" v Shaxrisabzskom rayone

Shavkat Mirziyoyev posetil mejdunarodniy turisticheskiy sentr "Miraki" v Shaxrisabzskom rayone
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Davlat rahbari “Miraki” xalqaro turizm markazidagi obodlik va qulayliklarni ko‘zdan kechirdi. “Miraki spa and resort” dam olish hududi turizm markazining zamonaviy qismi. Bu yerda ikkita mehmonxona, savdo va ko‘ngilochar majmua barpo qilingan. Shuningdek, bir vaqtning o‘zida 600 nafar sayyohni qabul qiluvchi mehmonxonalar, 300 o‘rinli oilaviy xostel ochilgan. Bu yiliga 300 mingdan ortiq mehmonga xizmat ko‘rsatilishini anglatadi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev posetil mejdunarodniy turisticheskiy sentr "Miraki" v Shaxrisabzskom rayone

Shavkat Mirziyoyev posetil mejdunarodniy turisticheskiy sentr "Miraki" v Shaxrisabzskom rayone
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Davlat rahbari yangi mehmonxona va savdo majmuasi faoliyati bilan tanishdi. Sayyohlik bo‘yicha istiqboldagi muhim loyihalar haqida ma’lumot berildi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev posetil mejdunarodniy turisticheskiy sentr "Miraki" v Shaxrisabzskom rayone

Shavkat Mirziyoyev posetil mejdunarodniy turisticheskiy sentr "Miraki" v Shaxrisabzskom rayone
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
“Shahrisabzning ustun tarafi - yil davomida sayohatga kelish mumkin. Buning uchun yo‘l, kommunikatsiya, mehmonxonalar qurayapmiz. Endi xizmat turlarini ko‘paytirishni o‘ylash kerak. Masalan, Mirakiga kelgan mehmon vaqtini qanday o‘tkazadi, nimalar xarid qiladi? Shu talablardan kelib chiqib, xizmatlar taklif qilish, bu yerning tabiati va sharoitini chet ellarda keng targ‘ib etish kerak”, - dedi Shavkat Mirziyoyev.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev posetil mejdunarodniy turisticheskiy sentr "Miraki" v Shaxrisabzskom rayone

Shavkat Mirziyoyev posetil mejdunarodniy turisticheskiy sentr "Miraki" v Shaxrisabzskom rayone
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
O‘tgan yili viloyatga ikki yarim million nafardan ortiq sayyoh tashrif buyurgan. Shundan besh yuz ming nafarga yaqini aynan Shahrisabz tumaniga kelgan.