"O‘zbekiston-Xitoy do‘stligi" kitob do‘koni ochiladi

© Sputnik/Dostonbek RaxmatullayevV Namangane zarabotala sovremennaya IT-biblioteka.
V Namangane zarabotala sovremennaya IT-biblioteka. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.06.2025
Obuna bo‘lish
Do‘konining ochilishi sentabr oyiga rejalashtirilgan.
TOShKENT, 19-iyun — Sputnik. O‘ttiz birinchi Pekin xalqaro kitob ko‘rgazmasida Xitoy va O‘zbekiston nashriyotlari o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi, deya xabar berdi "Sinxua" axborot agentligi.
Pekin xalqaro kitob ko‘rgazmasida "Shandun ilmiy-texnika nashriyoti" /"Shandong Science and Technology Press Co., Ltd."/ va O‘zbekiston "Silk Road Publishing" nashriyoti huzuridagi "O‘zbekiston-Xitoy do‘stligi" kitob do‘koni o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi shartnomani imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Shandun ilmiy-texnika nashriyoti korporatsiyasi boshqaruvi a’zosi Shen Veylunning qayd etishicha, "O‘zbekiston-Xitoy do‘stligi" kitob do‘koni bilan hamkorlik Xitoy va O‘zbekiston o‘rtasidagi madaniy almashinuv va hamkorlikning yangi yorqin nuqtasi, shuningdek, yangi modeliga aylanadi.
Aytilishicha, "Shandun ilmiy-texnika nashriyoti" Xitoyda "O‘zbekiston-Xitoy do‘stligi" kitob do‘koni bilan hamkorlik shartnomasini imzolagan birinchi nashriyot bo‘ldi. U Buyuk Britaniya, AQSh, Fransiya, BAA va Vyetnam kabi 24 ta mamlakat va mintaqaga mualliflik huquqlarini eksport qiladi.
"Silk Road Publishing" nashriyoti bosh rektori Iskandar Ergashovning so‘zlariga ko‘ra, "O‘zbekiston-Xitoy do‘stligi" kitob do‘konining ochilishi joriy yilning sentabr oyiga rejalashtirilgan.
U O‘zbekistonda Xitoy kitoblariga ixtisoslashgan birinchi kitob do‘koni bo‘ladi. U yerda mahalliy o‘quvchilar, talabalar va tadqiqotchilarni Xitoy kitob resurslari bilan ta’minlash uchun Xitoyning fan, texnika va gumanitar fanlarga oid kitoblari tizimli ravishda sotiladi.
"Umid qilamizki, kelajakda O‘zbekistonda Xitoyning eng yaxshi kitoblari, Xitoyda esa o‘zbeklarning eng yaxshi kitoblari ko‘payadi", - dedi u.
Bu yil Pekin xalqaro kitob yarmarkasi 18-22 iyun kunlari davom etadi. Unda dunyoning 80 mamlakati va mintaqasidan 1700 tadan ortiq eksponent ishtirok etmoqda. Tadbirda 220 ming dona kitob taqdim etildi.
Roman Abdulli Kadiri Minuvshie dni pereveden na kirgizskiy yazik - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.04.2025
Abdulla Qodiriyning "O‘tkan kunlar" romani qirg‘iz tilida nashr etildi
Yangiliklar lentasi
0