Abdulla Qodiriyning "O‘tkan kunlar" romani qirg‘iz tilida nashr etildi

© IA "Dunyo"Roman Abdulli Kadiri "Minuvshie dni" pereveden na kirgizskiy yazik
Roman Abdulli Kadiri Minuvshie dni pereveden na kirgizskiy yazik - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.04.2025
Obuna bo‘lish
Bishkekda qirg‘iz tilida chop etilgan "O‘tkan kunlar" romanining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
TOShKENT, 16 apr — Sputnik. Yozuvchi Abdulla Qodiriyning mashhur "O‘tkan kunlar" romani qirg‘iz tiliga o‘girildi, deya xabar berdi "Dunyo" AA.
Bishkekda qirg‘iz tilida chop etilgan "O‘tkan kunlar" romanining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
“Romanning qirg‘iz tilidagi tarjimasi yozuvchi va tarjimonlardan iborat ijodiy guruh tomonidan amalga oshirildi. Asosiy tarjima ishlarini adabiyotshunos va tarjimon Uchqun Abdulazizov bajargan”, — deyiladi xabarda.
Tadbirda qirg‘izistonlik ishtirokchilar "O‘tkan kunlar" romanining qirg‘iz tiliga o‘girilgani tarixiy voqea bo‘lgani va ushbu asarni qirg‘iz xalqi sevib mutolaa qilishini aytib o‘tishdi.
Eslatib o‘tamiz, "O‘tkan kunlar" romani ozarbayjon va arab tillarida ham nashr etilgan.
Ma’lumot uchun, Abdulla Qodiriy (Julqunboy) - yozuvchi, shoir, tarjimon, dramaturg, XX asr o‘zbek adabiyotining ulkan namoyondalaridan biri, o‘zbek romanchiligi asoschisi.
Abdulla Qodiriy qalamiga mansub “O‘tkan kunlar” romani o‘zbek adabiyotining roman janridagi ilk asardir. Shu bilan yozuvchi o‘zbek romanchiligiga asos solgan. 1922-yil “Inqilob” jurnalida romandan boblar e’lon qilinadi. 1924-1926 yillarda har bir bo‘limi alohida kitob holida nashr etiladi. Roman orqali Abdulla Qodiriy xalqning milliy ongini uyg‘otmoqchi, “tariximizning eng kir, qora kunlari” “xon zamonlari”ning mudhish tarixiy jarayonlari haqida so‘z ochib, bundan xalqqa saboq bermoqchi bo‘ladi.
Asarning markaziy qahramonlari bo‘lmish Otabek va Kumush hamda Yusufbek hoji, O‘zbek oyim, Zaynab kabi obrazlar o‘zbek adabiyotining tom ma’noda yorqin qahramonlar namunasidir. Roman to‘qima qahramonlarining hayotiylik kasb etishi va tarixiy voqealarga uyg‘unligi jihatidan ham, tilining nafosati jihatidan ham o‘zbek adabiyoti xazinasini eng durdona asarlaridan biridir. 1969-yili roman asosida rejissor Yo‘ldosh A’zamov tomonidan film suratga olingan.
O‘tkan kunlar romani asosida ilk milliy muzikl yaratildi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.11.2022
"O‘tkan kunlar" romani asosida ilk milliy muzikl yaratildi
Yangiliklar lentasi
0