Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi o‘z ishini boshladi

© Sputnik / Kirill Zikov / Mediabankka o‘tishPMEF-2025. Rabota foruma
PMEF-2025. Rabota foruma - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.06.2025
Obuna bo‘lish
Forumning bu yilgi mavzusi"Umumiy qadriyatlar - ko‘p qutbli dunyoda o‘sish asosi" deb nomlandi.
TOShKENT, 18-iyun — Sputnik. Bugun Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi (PXIF) o‘z ishini boshladi, u 21-iyunga qadar davom etadi.
Forum 1997-yildan buyon har yili o‘tkazib kelinadi. 2025-yil mavzusi: "Umumiy qadriyatlar - ko‘p qutbli dunyoda o‘sish asosi".
MDH makonidagi eng yirik iqtisodiy anjumanga 140 ta mamlakat, jumladan, O‘zbekiston vakillari, xorijiy yetakchilar, yirik kompaniyalar rahbarlari, ekspertlar, ishbilarmonlar tashrif buyurdi.
Ular raqamli iqtisodiyot, sog‘liqni saqlash, xalqaro munosabatlar, ekologiya, texnologik innovatsiyalar, soxta axborotlarga qarshi kurashish masalalarini muhokama qilishadi, o‘zaro aloqa nuqtalari va hamkorlik yo‘nalishlarini belgilashadi.
Tadbirning ishbilarmonlik dasturi beshta trekka bo‘lingan:
Jahon iqtisodiyoti: global o‘sishning yangi platformasi;
Rossiya iqtisodiyoti: o‘sishning yangi sifati;
Yangi dunyoda inson;
Yashash muhiti;
Texnologiyalar: yetakchilikka intilish.
Dasturda 150 tadan ortiq sessiyalar bo‘lib, ularda mingdan ortiq spiker va moderatorlar ishtirok etadi. Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi 18-21 iyun kunlari bo‘lib o‘tmoqda.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 20-iyun kuni bo‘lib o‘tadigan PXIF yalpi majlisida nutq so‘zlaydi.
Forum tadbirlarida bir qator mintaqaviy tashkilotlar - Afrika eksport-import banki, Yevroosiyo taraqqiyot banki, KXShT, MDH, ShHT, Ittifoq davlatlar, Yangi BRIKS taraqqiyot banki rahbarlari ishtirok etadi.
Jamshid Xodjayev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.06.2025
Jamshid Xo‘jayev boshchiligidagi delegatsiya Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida ishtirok etadi
Yangiliklar lentasi
0