Jamshid Xo‘jayev boshchiligidagi delegatsiya Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida ishtirok etadi
© Sputnik / Zafar XalilovJamshid Xodjayev

© Sputnik / Zafar Xalilov
Obuna bo‘lish
Sankt-Peterburgda 18-21 iyun kunlari Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi (PXIF) bo‘lib o‘tadi.
TOShKENT, 18-iyun — Sputnik. O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev boshchiligidagi delegatsiya Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida (PXIF) ishtirok etadi. Bu haqda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati Sputnik O‘zbekiston muxbiriga ma’lum qildi.
Sankt-Peterburgda 18-21 iyun kunlari Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi (PXIF) bo‘lib o‘tadi.
PXIF-2025 ning asosiy mavzusi “Umumiy qadriyatlar – ko‘p qutbli dunyoda o‘sish asosi” bo‘lib, xalqaro hamkorlikdagi o‘zgarishlar va barqaror iqtisodiy rivojlanishda umuminsoniy qadriyatlarning rolini aks ettiradi.
“O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev boshchiligidagi delegatsiya Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida ishtirok etadi”, — deya ma’lum qildi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati.
PXIF doirasida Armaniston, Afrika, Bahrayn, Vyetnam, Yevropa Ittifoqi, Hindiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Xitoy, Lotin Amerikasi, Moldova, Mo‘g‘uliston, Tailand, O‘zbekiston, shuningdek, YeOII-ASEAN hamkorlari bilan 15 ta ikki tomonlama biznes muloqotlari rejalashtirilgan. Mazkur biznes muloqotlar savdo-iqtisodiy hamkorlik va global muammolarga bag‘ishlangan.