Shavkat Mirziyoyev Si Szinpin bilan uchrashdi — muhokama etilgan masalalar
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaV Astane sostoyalis peregovori Prezidenta Respubliki Uzbekistan Shavkata Mirziyoyeva i Predsedatelya Kitayskoy Narodnoy Respubliki Si Szinpina.

© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va Xitoy kambag‘allikka qarshi kurashish sohasidagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirmoqchi.
TOShKENT, 17-iyun — Sputnik. Ostonada O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin muzokara o‘tkazdi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.
Muzokaralarda ikki tomonlama va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi. Xususan, kambag‘allikka qarshi kurashish sohasidagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaV Astane sostoyalis peregovori Prezidenta Respubliki Uzbekistan Shavkata Mirziyoyeva i Predsedatelya Kitayskoy Narodnoy Respubliki Si Szinpina.

V Astane sostoyalis peregovori Prezidenta Respubliki Uzbekistan Shavkata Mirziyoyeva i Predsedatelya Kitayskoy Narodnoy Respubliki Si Szinpina.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Yetakchilar "Xitoy - Qirg‘iziston - O‘zbekiston" strategik temir yo‘li qurilishini jadallashtirish muhimligini ham qayd etishdi.
"Ta’lim, fan, turizm va madaniyat, kadrlar tayyorlash va xitoy tilini o‘rganish sohalaridagi almashinuvlarni rivojlantirishdan manfaatdorlik bildirildi", —deyilgan xabarda.
Kelgusi yilda ikki mamlakatda madaniyat va san’at haftaliklarini o‘tkazish rejalashtirilgan.
Uchrashuvda xalqaro kun tartibi yuzasidan ham fikr almashildi. BMT, ShHT, "Markaziy Osiyo - Xitoy" formati va boshqa ko‘p tomonlama tuzilmalar doirasidagi muvofiqlashuv va o‘zaro qo‘llab-quvvatlashni davom ettirish muhimligi qayd etildi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaV Astane sostoyalis peregovori Prezidenta Respubliki Uzbekistan Shavkata Mirziyoyeva i Predsedatelya Kitayskoy Narodnoy Respubliki Si Szinpina.

V Astane sostoyalis peregovori Prezidenta Respubliki Uzbekistan Shavkata Mirziyoyeva i Predsedatelya Kitayskoy Narodnoy Respubliki Si Szinpina.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
“Yakunda yetakchilar huzurida O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi bo‘yicha ikki tomonlama muzokaralar yakunlangani to‘g‘risida bayonnoma imzolangani e’lon qilindi”, — deyiladi xabarda.
Muloqotda barcha darajalarda aloqalar va almashinuvlar sezilarli faollashgani qayd etildi:
Tashqi ishlar vazirlarining strategik muloqoti yo‘lga qo‘yildi;
joriy yil iyun oyi boshida Samarqand shahrida ikkinchi Hududlar forumi muvaffaqiyatli o‘tkazildi;
savdo-iqtisodiy va moliyaviy-investitsion hamkorlik jadal rivojlanmoqda. 2024-yilda tovar ayirboshlash 14 milliard dollarga yetdi. Investitsiya loyihalari portfeli 60 milliard dollardan ziyodni tashkil etmoqda;
mamlakat hududlarida qo‘shma texnoparklar va maxsus industrial zonalar muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda, "BYD" elektromobillarini ishlab chiqarish kengaymoqda;
"yashil" energetika, neft-gaz, kimyo, farmatsevtika, metallurgiya, tog‘-kon, to‘qimachilik, oziq-ovqat va qurilish tarmoqlarida hamda logistika, “aqlli” qishloq xo‘jaligi, sun’iy intellekt va raqamlashtirish sohalarida istiqbolli loyihalar ishlab chiqilmoqda.
Xitoyning yetakchi moliya institutlari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaV Astane sostoyalis peregovori Prezidenta Respubliki Uzbekistan Shavkata Mirziyoyeva i Predsedatelya Kitayskoy Narodnoy Respubliki Si Szinpina.

V Astane sostoyalis peregovori Prezidenta Respubliki Uzbekistan Shavkata Mirziyoyeva i Predsedatelya Kitayskoy Narodnoy Respubliki Si Szinpina.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Aytilishicha, "Ipak yo‘li" jamg‘armasi bilan investitsiya platformasini kengaytirish rejalashtirilgan.
Xitoy "Eksimbanki" ishtirokida poytaxtda Olimpiya shaharchasi qurilishi yakunlanmoqda. Toshkent shahrida ushbu bankning mintaqaviy filiali ochildi.
O‘zbekistonda Xitoyning Shimoli-g‘arbiy qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi universitetining filiali faoliyat ko‘rsatmoqda, Urganch universiteti negizida Pekin universiteti bilan hamkorlikda Xalqaro matematika markazi tashkil etilgan.
O‘tgan yili Konfutsiy instituti faoliyatining 20-yilligi nishonlandi, Xitoyning "Lu Ban ustaxonasi" professional ta’lim tizimi joriy etilmoqda.