Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida O‘zbekiston bilan biznes muloqot o‘tkaziladi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishRukopojatie
Rukopojatie - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.04.2025
Obuna bo‘lish
PXIF doirasida 15 ta ikki tomonlama biznes muloqotlar rejalashtirilgan.
TOShKENT, 24 apr — Sputnik. Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi (PXIF) doirasida O‘zbekiston bilan biznes muloqot o‘tkaziladi. Bu haqda "Roskongress" ma’lum qildi.
Sankt-Peterburgda 18-21 iyun kunlari Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi (PXIF) bo‘lib o‘tadi. Forum doirasida 15 ta ikki tomonlama biznes muloqotlar o‘tkazish rejalashtirilgan.
“PXIF doirasida Armaniston, Afrika, Bahrayn, Vyetnam, Yevropa Ittifoqi, Hindiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Xitoy, Lotin Amerikasi, Moldova, Mo‘g‘uliston, Tailand, O‘zbekiston, shuningdek, YeOII-ASEAN hamkorlari bilan 15 ta ikki tomonlama biznes muloqotlari rejalashtirilgan”, — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, mazkur biznes muloqotlar savdo-iqtisodiy hamkorlik va global muammolarga bag‘ishlangan.
PXIF-2025 ning asosiy mavzusi “Umumiy qadriyatlar – ko‘p qutbli dunyoda o‘sish asosi” bo‘lib, xalqaro hamkorlikdagi o‘zgarishlar va barqaror iqtisodiy rivojlanishda umuminsoniy qadriyatlarning rolini aks ettiradi.
Biznes dasturi to‘rtta tematik yo‘nalishni o‘z ichiga oladi: “Taraqqiyot iqtisodiyoti: o‘sishni ta’minlash”, “Texnologiya va yetakchilikka intilish”, “Hayot uchun muhit” va “Yangi dunyoda inson”.
Yangiliklar lentasi
0