Shavkat Mirziyoyev "Markaziy Osiyo - Xitoy" ikkinchi sammitida ishtirok etadi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaV Mejdunarodnom kongress-sentre sostoyalas tretya plenarnaya sessiya Soveta inostrannix investorov pri Prezidente Respubliki Uzbekistan.
V Mejdunarodnom kongress-sentre sostoyalas tretya plenarnaya sessiya Soveta inostrannix investorov pri Prezidente Respubliki Uzbekistan. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.06.2025
Obuna bo‘lish
Sammit doirasida O‘zbekiston prezidenti Xitoy raisi bilan ikki tomonlama uchrashuv ham o‘tkazadi.
TOShKENT, 17-iyun — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning taklifiga binoan "Markaziy Osiyo - Xitoy" ikkinchi sammitida ishtirok etish uchun Ostona shahriga jo‘nab ketdi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.
Tadbirda mintaqa davlatlari rahbarlari va Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin ishtirok etadi.
“Siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi ko‘p tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqiladi, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashiladi. Yakunda qo‘shma hujjatlar qabul qilinishi ko‘zda tutilgan”, — deyiladi xabarda.
Sammit doirasida O‘zbekiston prezidenti Xitoy raisi bilan ikki tomonlama uchrashuv ham o‘tkazadi.
Ma’lumot uchun, bu formatdagi birinchi sammit Markaziy Osiyo davlatlari va Xitoy o‘rtasidagi sheriklik munosabatlarini mustahkamlash va amaliy hamkorlikni kengaytirish maqsadida 2023-yil may oyida Xitoyning Sian shahrida bo‘lib o‘tgan edi.
Yangiliklar lentasi
0