O‘zbekiston masofaviy, kechki va maqbullashtirilgan kunduzgi ta’lim shakllarini yo‘lga qo‘yadi

© Sputnik / Aleksandr KrajevStudent
Student - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.06.2025
Obuna bo‘lish
Nazokat Abduqunduzova: Hukumat o‘quv dasturlarini talabga moslashtirish bo‘yicha aniq choralar ko‘rmoqda.
TOShKENT, 17-iyun — Sputnik. O‘zbekistonda masofaviy, kechki va maqbullashtirilgan kunduzgi (part-time) ta’lim shakllari joriy etiladi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi axborot xizmati rahbari Nazokat Abduqunduzova ma’lum qildi.
2025/2026 o‘quv yilidan boshlab sirtqi ta’lim shakliga qabul to‘xtatilgan bo‘lsa-da, ishlab yurgan fuqarolarning oliy ta’lim olish imkoniyatlari cheklanmaydi.
“Kelgusida kunduzgi ta’limga muqobil shakllar, jumladan, masofaviy, kechki va maqbullashtirilgan kunduzgi (part-time) ta’lim shakllari bosqichma-bosqich rivojlantirilib, ularga qabul ko‘rsatkichlari kengaytirib boriladi”, — deya qayd etdi Nazokat Abduqunduzova.
Bu esa muayan ish o‘rniga ega abituriyentlar uchun o‘qish va mehnat faoliyatini bir vaqtda olib borish imkonini beradi. Masofaviy ta’lim zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda tashkil etilib, talabalarga bevosita ta’lim muassasasiga kelmasdan bilim olish imkonini yaratadi.
Shu bilan birga, kechki ta’lim shaklida o‘qish ish vaqtidan keyingi soatlarda amalga oshirilib, ishlovchi shaxslarga qulay grafikda ta’lim olishni ta’minlaydi.
“Hukumat tomonidan bu sohadagi tashkiliy-huquqiy mexanizmlar takomillashtirilishi, o‘quv dasturlarining talabga moslashtirilishi va ta’lim sifatining ta’minlanishi bo‘yicha aniq choralar ko‘rilmoqda”, — deya qayd etdi u.
Sirtqi ta’lim shaklida tahsil olib, belgilangan tartibda diplom olgan shaxslar O‘zbekiston qonunchiligiga muvofiq to‘liq oliy ma’lumotli mutaxassislar hisoblanadi. Ularga beriladigan diplom kunduzgi, kechki yoki masofaviy ta’lim shaklidagi diplomlar bilan teng yuridik kuchga ega.
“Shu bois, bunday mutaxassislarni davlat yoki xususiy sektorda rasmiy ishga qabul qilishda hech qanday huquqiy to‘siq mavjud emas. Ish beruvchilar ularning ta’lim shaklidan kelib chiqib emas, balki egallagan bilim, ko‘nikma va professional salohiyati asosida baholashi lozim”, — dedi Abduqunduzova.
Uning qo‘shimcha qilishicha, sirtqi ta’limni tamomlagan mutaxassislarning mehnat bozorida raqobatbardosh bo‘lishi, asosan, ularning amaliy tajribasi, sohadagi bilim darajasi va doimiy o‘z ustida ishlashiga bog‘liq.
Abituriyenti vo vremya vstupitelnix ekzamenov v vuzi Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.05.2025
Sirtqi ta’lim shakliga qabul tugatiladi — yangi farmon
Yangiliklar lentasi
0